Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?
Agar ayol bomdoddan oldin poklansa, so‘ng ro‘za tutgan bo‘lsa, uning ro‘zasi durustdir. Poklikni ko‘rgandan keyingi sarg‘ish suyuqlikning zarari yo‘q. Sahihi Buxoriyda sobit boʻlgan quyidagi dalilga koʻra:
عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ قَالَتْ: «كُنَّا لَا نَعُدُّ الْكُدْرَةَ وَالصُّفْرَةَ شَيْئًا».
Ummu Atiyya roziyallohu anho: «Biz bo‘tana (xira, loyqasimon narsa) va sariqlikni biror narsa deb hisoblamas edik», deganlar. (Sahihi Buxoriy, 326).
Tavfiq Allohdandir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga Allohning salot-u salomlari bo‘lsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita fatvolari (10/158).