Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Agar inson Ramazon ro‘zasini tutishga va faqat Ramazonda namoz o‘qishga haris bo‘lsa-yu, lekin Ramazon tugashi bilanoq namozni tark etsa, uning ro‘zasi qabul bo‘ladimi?
Namoz Islom ruknlari, ustunlaridan biridir.
U ikki shahodatdan keyingi eng muhim rukn bo‘lib, farzi aynlardandir. Kim uning vojibligini inkor qilib tark qilsa yoki beparvolik va dangasalik bilan tark qilsa, kofir bo‘ladi. Ammo Ramazonda ro‘za tutib, faqat Ramazonda namoz o‘qiydiganlarga kelsak, bu Allohni aldashdir. Allohni faqat Ramazonda taniydigan qavm qanday ham yomon qavm! Ramazondan boshqa paytda namozni tark qilgan hollarida ularning ro‘zasi durust bo‘lmaydi. Balki ular shu bilan katta kufr keltirib, kofir bo‘ladilar, garchi ulamolarning ikki qavlidan sahihrog‘iga ko‘ra namozning vojibligini inkor qilmasalar ham. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan shunday sobit bo‘lgan:
عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُرَيْدَةَ ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «الْعَهْدُ الَّذِي بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمُ الصَّلَاةُ،» فَمَنْ تَرَكَهَا فَقَدْ كَفَرَ.
Abdulloh ibn Burayda otasi (Burayda al-Aslamiy roziyallohu anhu)dan rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Biz bilan ular (munofiqlar yoki kofirlar) o‘rtasidagi ahd — namozdir. Kim uni tark etsa, batahqiq kofir bo‘libdi» (Termiziy, 2621; Nasoiy, 463; Ibn Moja, 1079; Musnadi Ahmad, 22987; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 4143).
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari ham bunga dalolat qiladi:
«رَأْسُ الْأَمْرِ الْإِسْلَامُ، وَعَمُودُهُ الصَّلَاةُ، وذِرْوَةُ سَنَامِهِ الْجِهَادُ»
«Ishning boshi – Islom, uning ustuni – namoz, eng yuqori cho‘qqisi esa – Alloh yo‘lidagi jihoddir» (Termiziy, 2616; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Irvoul Gʻalil», 413).
Yana quyidagi hadis ham:
عَنْ جَابِر، يَقُولُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: »إِنَّ بَيْنَ الرَّجُلِ وَبَيْنَ الشِّرْكِ وَالْكُفْرِ تَرْكَ الصَّلَاةِ»
Jobir roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamning «Namozni tark qilish kishi bilan shirk-u kufr o‘rtasidadir», deganlarini eshitganman» (Sahihi Muslim, 82).
Bu ma’nodagi hadislar juda ko‘pdir.
Tavfiq Allohdandir. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u zotning oilalari va sahobalariga Allohning salot-u salomlari bo‘lsin. (Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita, 10/140).
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita (10/140).