Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Ramazonning oxirgi o‘n kunligidan tashqari istalgan vaqtda e’tikof o‘tirish joizmi?
Ha, e’tikof o‘tirish har qanday vaqtda joizdir. Biroq eng afzali Ramazonning oxirgi o‘n kunida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalari roziyallohu anhumga ergashib e’tikof o‘tirishdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ba’zi yillarda Shavvol oyida ham e’tikof o‘tirganlari ishonchli manbalarda keltirilgan.
Tavfiq Allohdandir!
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita, 10/410