Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Ayol kishining Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikof o‘tirishi joizmi?
Ha, ayol kishining Ramazonning oxirgi o‘n kunligida masjidda e’tikof o‘tirishi joizdir.
Balki e’tikof erkaklar va ayollar uchun birdek sunnatdir. Mo‘minlarning onalari roziyallohu anhunna Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam bilan birga u zotning hayotlik chog‘larida e’tikof o‘tirar edilar va u zotning vafotlaridan keyin ham e’tikof o‘tirdilar.
عَنْ عَائِشَةَ رضي الله عنها، زَوْجِ النَّبِيِّ ﷺ: أَنَّ النَّبِيَّ ﷺ «كَانَ يَعْتَكِفُ الْعَشْرَ الْأَوَاخِرَ مِنْ رَمَضَانَ حَتَّى تَوَفَّاهُ اللهُ، ثُمَّ اعْتَكَفَ أَزْوَاجُهُ مِنْ بَعْدِهِ»
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam to Alloh u zotni vafot ettirgunicha Ramazonning oxirgi o‘n kunligida e’tikof o‘tirgan edilar. So‘ngra zavjalari u zotdan keyin ham e’tikof o‘tirishdi» (Sahihi Buxoriy, 2026; Sahihi Muslim, 1172).
Ushbu hadisda ayollar e’tikofda erkaklar kabi ekanligiga dalil bor. Iqtibos ugadi («Avn al-Ma’bud»).
Shayx Abdulaziz ibn Boz rahimahulloh aytdilar:
«E’tikof erkaklar va ayollar uchun sunnatdir, chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning Ramazonda e’tikof o‘tirganliklari sobit bo‘lgan va oxirida u zotning e’tikoflari oxirgi o‘n kunlikda qaror topgan. Ba’zi ayollari u zot bilan birga e’tikof o‘tirardilar, so‘ngra u zot alayhissalotu vassalomning vafotlaridan keyin ham e’tikof o‘tirdilar. E’tikof o‘rni jamoat namozi o‘qiladigan masjidlardir». Shayx Ibn Bozning internetdagi saytidan (iqtibos tugadi).
Alloh bilguvchiroqdir.