Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
«Ramazon ro‘zasi fitr zakoti berilmaguncha ko‘tarilmaydi» degan hadis sahihmi? Agar ro‘zador muhtoj bo‘lib, zakot nisobiga ega bo‘lmasa ham ushbu hadisga yoki sunnatdan sobit bo‘lgan boshqa sahih shar’iy dalillarga koʻra, fitr zakotini berishi vojib bo‘ladimi?
Fitr zakoti kimga vojib?
Fitr zakoti hayit kuni va kechasida o‘zining hamda oilasining ehtiyojlaridan ortiqcha bir so‘ miqdoridagi mol-mulkka ega bo‘lgan har bir musulmon uchun, qaramog‘idagilarning nafaqasi boʻynida bo‘lgan kishining zimmasida vojib bo‘ladi. Buning dalili quyidagi hadisdir:
عَنِ ابْنِ عُمَرَ رضي الله عنهما: «أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ: فَرَضَ زَكَاةَ الْفِطْرِ، صَاعًا مِنْ تَمْرٍ أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ، عَلَى كُلِّ حُرٍّ أَوْ عَبْدٍ، ذَكَرٍ أَوْ أُنْثَى، مِنَ الْمُسْلِمِينَ»
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ miqdorida har bir hur-u qul, erkag-u ayol musulmonga farz qildilar» (Sahihi Buxoriy, 1504).
عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رضي الله عنه قَالَ: «كُنَّا نُعْطِيهَا فِي زَمَانِ النَّبِيِّ ﷺ صَاعًا مِنْ طَعَامٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ تَمْرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ شَعِيرٍ، أَوْ صَاعًا مِنْ زَبِيبٍ»
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning zamonlarida uning (ya’ni fitr sadaqasi) uchun yegulikdan bir so’ yo xurmodan bir so’ yoki arpadan bir so’ yoki mayizdan bir so’ berar edik» (Sahihi Buxoriy, 1508; Sahihi Muslim, 985).
Fitr zakotining miqdori
Fitr zakoti sifatida kishi o‘z yurtining ozuqasidan, masalan, guruch va shunga o‘xshash narsalardan bir so’ berishi kifoya qiladi. «So’»dan maqsad – Nabiy sollallohu alayhi vasallamning so’ nomli idishlari bo‘lib, u o‘rtacha gavdali kishining kafti bilan hisoblaganda to‘rt hovuchga teng keladi.
Fitr zakotini chiqarishni tark etgan kishiga nima vojib?
Kimdir imkoni boʻlaturib fitr zakotini chiqarishdan bosh tortsa, gunohkor sanaladi va buning qazosini o‘tashi vojib bo‘ladi.
Siz zikr qilgan hadisga kelsak, uning sahihligini bilmaymiz.
Allohdan sizni muvaffaq qilishini, biz va sizning so‘z, amallarimizni isloh qilishini so‘raymiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Ilmiy Tadqiqotlar va Fatvolar bo‘yicha Doimiy Qo‘mita (9/364)