Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
Dinning turlicha bo‘lishi merosxo‘rlikka monelik qiluvchi omillardan biridir. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, kofir musulmondan meros olmaydi, shuningdek, musulmon ham kofirdan meros olmaydi. Bunga dalil:
عَنْ أُسَامَةَ بْنِ زَيْدٍ ﵄: أَنَّ النَّبِيَّ ﷺ قَالَ: «لَا يَرِثُ الْمُسْلِمُ الْكَافِرَ وَلَا الْكَافِرُ الْمُسْلِمَ».
Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Musulmon kofirdan, kofir musulmondan meros olmaydi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 6764).
Agar kofir meros taqsimlanishidan oldin Islomni qabul qilsa, Imom Ahmad nazdida uni Islomga rag‘batlantirish uchun meros oladi. Kufr ahlining o‘zaro merosxo‘rligiga kelsak, ikki imom Abu Hanifa va Shofe’iy nazdida hamda Imom Ahmaddan bir rivoyatga ko‘ra, ularning dinlari turlicha bo‘lsa ham, o‘rtalarida merosxo‘rlik sobit bo‘ladi. Bunga Alloh taoloning ushbu so‘zi dalildir:
﴿وَالَّذِينَ كَفَرُوا بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ﴾
«Kofir bo‘lgan kimsalar bir-birlariga hamkordirlar» (Anfol: 73).
Chunki kofirlar, dinlari turlicha bo‘lishiga qaramay, musulmonlarga dushmanlik qilishda bir jon kabidirlar.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: «al-Mavsu’a al-Fiqhiyya», 2/308.