Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
Agar voqelik zikr qilinganidek bo‘lsa, mazkur puldan zakot berish vojib bo‘lmaydi, chunki u vaqf hukmidadir, xoh u muzlatilgan bo‘lsin, xoh tijoratda aylantirilayotgan bo‘lsin. Bu jamgʻarmaga zakot berishga kelsak, bunday qilish joiz emas, chunki u faqirlarga ajratilmagan va boshqa zakot sarflanadigan o‘rinlar bilan cheklanmagan.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: «Fatava al-Lajna ad-Daima», 9/291.