Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Amerikalik nasroniy ayol orqali «Yashil karta» (Greencard) olish uchun u bilan yashamasdan yoki xilvatda qolmasdan (faqat qog‘ozda) turmush qurishga ruxsat beriladimi? Men zikr qilingan tarzda turmush qurib, xotinning mamlakatiga borish, o‘z vatanimda yashaydigan ota-onamga yordam berish va o‘zim egallagan mutaxassislik (kompyuter dasturlash) bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish niyatidaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Biz bu savolni muhtaram Shayx, alloma Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Bozga taqdim etdik, u kishi shunday javob berdilar: «Yashash huquqini olish maqsadida uylanib, so‘ng taloq qilish Islom shariatidagi nikohning maqsadlaridan emas. Mening nazdimda, bu joiz emas» (iqtibos tugadi).
Shuningdek, nasroniy ayol bilan faqat qog‘ozda nikohdan o‘tish bu kofirlarga nisbatan hiyladir va bu joiz emas. Chunki Alloh azza va jalla zulmni ma’qullamaydi va hatto kofirga nisbatan ham uni rad etadi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Muhammad Solih al-Munajjid.