Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
Bu savolni fazilatli shayx Abdulloh ibn Jibringa taqdim etdik, u kishi shunday javob berdilar: «Agar u o‘liklardan madad so‘rashda davom etib vafot etgan bo‘lsa, uning janozasida qatnashish joiz emas. Agar u bilan hech kim munozara qilmagan bo‘lsa, unda holatga qaraymiz: agar u muvahhidlar, tavhid da’vatchilari va tavhidni bilish yo‘llari mavjud bo‘lgan yurtda yashagan bo‘lsa, unga hujjat qoim bo‘lgani g‘olib gumon qilinadi, shuning uchun janozasida qatnashilmaydi. Agar buning aksi boʻlsa, ya’ni u tavhidga da’vat qiluvchilar boʻlmagan yurtda vafot etsa, u holda hujjat qoim boʻlmagani gumon qilinib, janozasiga qantashilaveradi».
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Shayx Abdulloh ibn Jibrin.