Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
O'zbekistonda kelin qilish juda qiyin: uning mahriga narsa berish, mahallaga osh berish. Undan tashqari, ayollarning keraksiz bordi-keldilari, ahmoqqa o'xshab 40 tog'ora narsa qilib jo'natishlari va to'ydan keyin kelinini olib qarindosh-urug' va boshqa joylarga ko'z-ko'z uchun ochiq-sochiq qilib sudrab yurishlari bor. Men uylanish masalasida juda qiynalayapman. Buncha narsa olish, to'yu tomosha qilishga qurbim yo'q, to'ydan keyin xotinimni hammaga ko'z-ko'z qilib yurishlariga g'ururim yo'l qo'ymaydi. Bundan ko'ra uylanmay o'tganim yaxshi emasmi?