Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Sovchi kanallarida kuyovlikka nomzod va kelinlikka talablarni qo'yib, oxirida "bolasi bo'lmasin" deb yozishadi. Subhanalloh deyman, eng qizig'i bu shar'iy sovchilik kanali Allohni tanib turib shunday so'zni yozadimi, demoqchimanki sunnatga muvofiq turmushning maqsadini bilishmaydimi deb qalbim larzaga keladi. Kelinga har qancha shart qo'ysa ham farzandi bo'lmasin deyish uchun bilmadim odam qanday johil bo'lishi kerak, yana tolibi ilmman, kelin Allohni tanigan bo'lsin deb qo'yadi, Subhanalloh. Ular rostan sunnat uchun uylanarmikan yoki faqat nafsi uchunmi, yoki bunga aralashishim joiz emasmi, hammaning xohish-istagi bormi? Ayollar farzandimni qabul qilmas ekan deb tashlab, turmushga chiqib ketishi to'g'rimi? Ikkinchi erga farzandlar malol kelsa, turmushga chiqmagan afzal emasmi? Undan ko'ra Robbisidan qabul qiladiganini so'rab kutgan yaxshi emasmi? Bolasini sig'dirmaydigan, qalbi tor insonlarga nasihat qilsangiz.