Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
Bir mamlakatning muftiysi aytayapti: "Imomi A'zam mazhabida, Moturidiy aqidasida iymonning shartlari qalb bilan tasdiqlab, til bilan iqror bo'lishdir, amal iymonning shartiga kirmaydi. Va yana hanafiy ulamolaridan Ibn Nujaym aytganlarki, agar bir musulmonni kofir deyishlik uchun 99 ta dalil bo'lsayu, kofir demaslik uchun bitta dalil bo'lsa, o'sha 99 ta dalilni qo'yib, o'sha bitta dalilni olamiz va musulmon deymiz deganlar." Savolim shuki, bu da'volarga ularning qanday dalillari yoki ta'villari bo'lishi mumkin? "Amal iymonning shartlaridandir" desak, "San bilasanmi, muftiy hazratlari biladimi?" deb raddiya qilayotganlarga qanday tushuntirishimiz kerak?