Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
LIVE: Savol-javoblar (09.09.2018)
LIVE: Savol-javoblar (09.09.2018)
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:44
Inson biron masalada yechim topishga qiynalsa, Qur’onning istagan sahifasini ochib javob topishi mumkinmi?
6:23
Kundoshlarning janjali farzandlarga salbiy tasir ko'rsataversa, u farzandlar nima qilishi kerak?
15:55
Bizning yurtlarda «Dinda haddingdan oshma!», «Bular haddidan oshganlar» degan gaplar ko‘p quloqqa chalinadi. Bu gapni aytuvchilarning ko‘pi dindan uzoq odamlar bo‘ladi. Aslida dinda haddan oshish qanday bo‘ladi?
24:53
Farzandning nogiron tug‘ilishida ota yoki onasining o‘tmishda qilgan gunohlari sabab bo‘lishi mumkinmi?
34:47
Hozirgi kunda ayrim musulmonlarning Mahdiyni kutib, o‘zlari zalolatda yurishi xuddi qadimda yahudiylarning oxirzamon payg‘ambarini kutib yurib, payg‘ambar qilib yuborilganidan keyin u zotga ergashmay, dushmanlik qilishganiga o‘xshamaydimi?
38:42
Qur’on yodlayotgan kishi xatoga yo‘l qo‘ygan o‘rinlarini bilish va ularni kelajakda to‘g‘rilash maqsadida mus'hafga qalam yordamida ba’zi belgilar qo‘yishi joizmi?
39:31
Qaynona-kelin munosabatlari haqida ko‘p gapirildi. Ovsinlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida ham pand-nasihat qilsangiz. Hozirgi kunda ular sabab aka-ukalar yuz ko‘rmas bo‘lib ketishyapti.
43:55
Biz Koreyada o‘qiymiz. Viza muddatini uzaytirish uchun bank hisobimizda 20 ming dollar mablag‘ bo‘lishi kerak. Bizda esa bu mablag‘ yo‘q. Shuning uchun sarmoyador odamlar bizga tegishli bank hisobiga 100 dollar evaziga bir kunga 20 ming dollar qo‘yib turishadi. Shu ish ribo bo‘ladimi?
45:20
Nikoh shartnomasida ayol er qo‘ygan shartlarga majburan rozi bo‘lsa, masalan, er «Oyda bir kun kelaman», desa-yu, xotin noiloj bu shartga rozi bo‘lsa, shariatda bunday shartning hukmi nima bo‘ladi?
51:58
Men tijorat boshlamokchi edim. Lekin buning uchun aylanma mablag‘im kamlik kilyapti. Shuning uchun bir kishidan qarz olmoqchiman va u ham bo‘lajak tijoratdan manfaatdor bo‘lishini xohlayman. O‘rtamizdagi muomala shariatga muvofiq bo‘lishi uchun qay tarzda ish yuritish mumkin?
53:53
Qarzdor odam qarzni uzishga harakat qilsa-yu, lekin ilojini topmasdan olamdan o‘tib ketsa va hech bir kimsa dunyoda uning qarzini o‘tamasa, qiyomatda holi ne kechadi?
57:46
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam savdo qilsalar narxda tortishganmilar? Savdolashish, narxda tortishish sunnat, deyishadi. Shu to‘g‘rimi?
1:00:35
Kim qanday bo‘lsa, shunday juft uchraydi, degan so‘z meni qiynayapti. Iltimos, shu masalani dalillari bilan tushuntirib bersangiz.
1:04:51
«Ayollarni urib turinglar, aks holda haddidan oshib ketishadi» degan hadis bormi?
1:07:43
Qizim 7 yoshda, ro‘mol o‘ramasdan o‘g‘il bolalar bilan aralashib maktabda o‘qisa bo‘ladimi? Agar uni maktabga yuborsam Allohga osiylik qilgan bo‘lmaymanmi?
1:11:39
Bir dugonam menga yordam qilib pul yuboribdi, umr yo‘ldoshim uni olmaysan, deyapti. Yuborilgan pul mening xususiy mulkim bo‘ladimi? Yuborgan puli haromdan topilmagan.
1:15:27
Yetim qizga uylansa bo'ladimi?
1:18:00
Arabi qo‘yning dumbasi bel og‘rig‘iga davo ekan va bunga hadis ham bor ekan, shu to‘g‘rimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, uni iste’mol qilish tartibini tushuntirib bersangiz?
1:21:21
Bir tanishim birovdan 10.000 dollar qarz olgan va unga oyiga 10.000 so‘mdan foyda berib turishga kelishgan. Shunga ko‘ra 3 yil mobaynida oyiga 10.000 so‘mdan berib turgan. Shundan so‘ng buning ribo ekanini bilib to‘xtashgan. Endi qarzni qaytarishda har oyda berib borgan so‘mlarini ham hisoblaydimi yoki uni hisoblamasdan to‘liq 10.000 dollar qaytaradimi?
1:24:06
Bir yigit bor, qo‘llari oqarib qolgan, yuzidayam oq joylari bor. Uzoq qarindoshimiz bo‘ladi. «Menga hech kim qizini bermaydi, o‘zimni o‘ldiraman», deyapti. Singlim esa «Mana men sizga turmushga chiqaman», deyapti. Biz rozi bo‘lmasak ham, oyoq tirab turib olgan.U yigit ham aslida yaxshi yigit, faqat shunaqa kasali bor. Alloh uchun maslahat bering, nima qilsak ekan?
1:30:22
Bizning yurtda odamlar ichida «Oysha xolangni…» deb haqorat qilish bor. Shunday deyish Oysha onamizni haqoratlash sanaladimi?
1:32:13
Kimdir bir odamni gunoh ish bilan muborakbod qilsa, iymondan chiqadimi? Masalan, spirtli ichimlik tortilgan to‘y bilan muborakbod qilsa iymondan chiqadimi?
1:33:55
Birovlarning farzandini ko‘rib havas qilsa joizmi?
1:37:57
Juma xutbasi asnosida sunnat namozi o‘qish joizmi?
1:40:59
Nikoh o‘qilgandan keyin 3 kun ichida ayoli bilan qo‘shilishi kerak, deb eshitgan edim. Shu to‘g‘rimi? To‘ydan 10-15 kun oldin nikoh o‘qitmoqchi edim. Shariatda buning hukmi nima?
1:45:41
Ayolim bilan tanishib, gaplashib yurganmiz va oila qurganmiz. Bir farzandim bor. Ayolimga mehrim qolmadi. Ba’zan unga nisbatan mehrim oshib ketadi. Sababi, ko‘p urishamiz. Bu gunohmi? Iltimos, batafsil tushuntirsangiz.
1:49:54
Bir tanishim «Dollor obering» deb pul beruvdi. Shu pul o‘g‘irlandi. Men nima qilishim kerak, pulni qaytarishim kerakmi?
1:51:47
Johil er ayolining dini ustidan kulsa, u ayol talog'ini so'rasa bo'ladimi?
1:55:43
Erkak kishini erkak kishi massaj qilishi joizmi, avratlari yopiq holda
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar