Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 28.06.2020
Savol-javoblar || 28.06.2020
0:00
Kirish
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
Kirish
1:11
1. “Qilich bir marta o'ldiradi, muloyimlik esa yuz marta” degan so’zning ma’nosini aytib bersangiz. Axir Alloh Halim zot-ku!
5:09
2. Ustoz, Men 22 yoshli qizman. Madrasada o'qiyman. Kech bo’lsa ham ilm olib, dinni o’rganapman. Lekin ota-onam hijobimga va yuzimni to’sishimga qarshilar, hijobni yechtirmoqchilar. Lekin men aslo ularning aytganini qilmayman. Ota-onam meni dinsiz, namoz o'qilmaydigan, bid'at amallar qiluvchi oilaga majburlab bermoqchilar. Yigit esa dayuslardan. Men qarshilik qilib, rozi bo'lmasam, ota-onam “Sendan rozi bo'lmaymiz” deyishyapti. Ularning fikricha, tengdoshlarimdan qolib ketyapman ekan va yuzini to'sgan qizlarni hech kim olmas ekan. Rozi bo'lmasam ham majburlab berishmoqchi bo’lsa nima qilay? Menga va ota-onamga nasihat qiling.
10:56
3. Ustoz, men savdogarman, tarvuz sotaman. Tarvuz yangiligi bilinib tursin deb ozgina palagi bilan opkelaman. Klientlar tarvuzni palagi bilan sotsa harom bo’lib qoladi, deyishadi. Lekin dalillari yo'q. Yana chaqmoqlab bersa ham harom bo’lib qoladi, deyishadi. Shunga ikkilanib qoldim. Shuni tushuntirib bering, iltimos.
14:35
4. Ustoz, bo‘yi yetgan, turmushga uzatish yoshidagi qiz otasiga itoatsizlik qilsa, otasi: «Nikohingda ishtirok etmayman, senga valiy bo‘lmayman», deyishga haqqi bormi?
21:23
5. Musulmon odam kufr yurtida yashasa, musulmonlarga yordam berish maqsadida halol bo‘lmagan ba’zi yo‘llar bilan pul topsa, tijorat qilsa va tushgan foydadan qiynalgan musulmonlarga yordam bersa bo‘ladimi?
26:37
6. Biz yelim qop ishlab chiqaramiz. Ishxonamizda 20 ga yaqin xotin-qizlar va 10 dan oshiq yigitlar ishlaydi. Ishchilarning aksari benamoz va hijobda emas. Yigitlarning doimiy tarzda ishlashi qiyin. Sababi, yozda Rossiyaga mardikorlikka ketib qolishadi. Qiz va yigitlarning bir joyda ishlashi joizmi?
29:44
7. Ba’zilarga tavhidda birlashish kerak desam, «Yo‘q, musulmonchilik manfaati yo‘lida birlashiladi», deyishadi. Shu gap to‘g‘rimi?
43:31
8. Ustoz, ona bir akam bor, bachchavozlik qiladi. Buni aniq bilaman. Onamga aytsam, ishonmayapti. Onam shirk ishlar qiladi. 6 kundan keyin o‘g‘li chet eldan uyga qaytyapti. Men bachchavoz bilan bir uyda yashamoqchi emasman. Turmushga chiqib qutulay desam, aqidasi to‘g‘ri oila uchramayapti. Otam bilan onam ajrashishgan. Otamning uylariga boray desam, onam sendan rozi bo‘lmayman, deydi. Hatto otam bilan gaplashsam ham jahli chiqib urishib beradi. Ammo otamning ham oilasi bor, u yerga borsam sig‘amanmi, yo‘qmi, deb siqilaman. Onam yaqinda chet eldan keldi. Zino orqali pul topadi. Kichik bo‘lishimga qaramay yolg‘iz o‘zimni 2 yilga uyda tashlab ketgan edi. Halol pul topim yeyishim uchun ishlay desam namozim qolib ketadi, ko‘chaga chiqishni yomon ko‘raman. Majbur onamning jo‘natgan pullaridan bozorlik qilardim. Hozirda onam uyda, boshqa ketmaydi. Onamga: «Namoz o‘qing, hijobga kiring», desam, «Xo‘p», deydi, bo‘ldi. Alhamdulillah, ibodatlarimga to‘sqinlik qilmaydi. Ustoz, iltimos, ayting, nima qilay?
47:39
9. Ustoz, savol-javoblardan birida «Namozda imomga iqtido qilgan kishi uchinchi va to‘rtinchi rakaatlarda Fotihani o‘qiydi. Jumhur imomlar shunday deyishgan. Biz shunga ergashganmiz», dedingiz. Yaqinda boshqa bir savol-javobda «Imomning qiroati muqtadiyga ham o‘tadi. Bizning mazhabimiz shu», dedingiz. Shuni tushuntirib bersangiz. Qaysinisiga amal qilaylik?
50:32
10. Ustoz, Abu Hanifa rohimahullohni "Imomi A’zam" deyishlik qanchalik to‘g‘ri? Aslida bunday maqomga rosululloh salallohu alayhi vasallam munosib emasmilar?
53:53
11. Erning onasi shirk ishlarni qiladi, arvohlarga deb qo‘y so‘yib, sigir, ot kallalaridan taomlar tayyorlab, shirkiy ziyofatlar qiladi. Kelin eriga: “Men ota-onangizning xizmatini qilaman, fakat shirkka yordam berishni xohlamayman” degani uchun uyida tinchi buzildi. Alohida chiqib yashashdi. Lekin erning onasi o‘g‘lini uyga qaytarib, “U xotiningni qo‘yasan, boshqasiga uylanasan” deb janjal qilyapti. Erning onasiga nasihat qilinsa, qabul qilmayapti. Iltimos, shu er-xotinga maslahat bering.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 28.06.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya