Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 17.06.2020
Savol-javoblar || 17.06.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:10
1. Ustoz, agar kelin bo‘lmish namoz o‘qisa-yu, lekin qolgan amallarni qilmayman yoki noshar’iy joylarda ishlayman, deb turib olsa, unga uylanish joizmi? Yigitning ota-onasi shu qizdan boshqasini olmaysan, deb turib olsa-chi?
4:23
2. Peshin va asr namozlarida imom adashib takbirlarni maxfiy aytsa, iqtido qilganlar qanday yo‘l tutadi? Imomning harakatiga qarab namozda davom etishadimi?
7:24
3. Masjid xonaqohining eni uzun bo‘lsa, birinchi safni oxirigacha to‘ldirib turish afzalmi yoki 10-15 metrdan keyin imom orqasidan ikkinchi saf qilish kerakmi?
10:05
4. Ustoz, men chet elga o‘qishga jo‘natadigan firmada ishlayman. Men sizdan uchta masala haqida so‘ramoqchiman. Talaba o‘qishga qabul qilinganidan keyin elchixonaga hujjat topshirishi talab etiladi. Buning uchun sug‘urta, ota-onaning maoshi va bankdan ma’lumotnoma qilish kerak bo‘ladi. Sug‘urta majburiy. Sug‘urta tashkiloti birga ishlaylik deb firmamizga keladi. Agar talabalarga shu tashkilotdan sug‘urta qildirib bersak, firmamizga 25 foiz mablag‘ beradi. Shu mablag‘ni olsak bo‘ladimi? Undan tashqari elchixona talaba chet elda o‘qishi uchun ota-onasining puli etish-etmasligini bilish maqsadida oylik maoshi haqida ma’lumotnoma talab qiladi. Lekin bizda ko‘p ota-onalar davlat tashkilotlari yoki firmada ishlamaydi. Shuning uchun ularga biron firmadan maosh olishi haqida soxta ma’lumotnoma qildirishga to‘g‘ri keladi. Shunday ma’lumotnoma qildirsak bo‘ladimi? Yana bankdan ham ma’lumotnoma so‘raydi. Ya’ni talabaga oid bank hisob raqamida dollarda ma’lum miqdor mablag‘ bo‘lishi kerak. Masalan, Koreyada o‘qishi uchun bankda 20 ming dollar puli bo‘lishi kerak. Tabiiyki, talabada buncha pul bo‘lmaydi. Natijada puldor odamlar 100 dollar evaziga bir kunga pulini bankka qo‘yib, ma’lumotnoma olgach, pulini echib oladi. Ular ham birga ishlaylik deb firmamizga keladi. Biz ulardan pul olmasdan ularni talabalarga ko‘rsatib qo‘ysak, riboga aralashgan bo‘lmaymizmi? Bu ishni talabalarga yordam bo‘lsin deb qilamiz. Agar o‘zlari shunday odam topishsa, ancha qimmatga qildirishadi. Yuqoridagi ishlarni qilishimiz to‘g‘rimi?
19:21
5. Ustoz, biz Rossiyadamiz. Xonadosh birodarim namozxon, Alloh va Rasulini taniydi, oilali, farzandlari bor. Lekin nomahram ayollar bilan telefonda gaplashib yuradi. Yoshi mendan katta. Menga va birodarimga nasihat qilsangiz.
25:10
6. Ustoz, xo‘jayinim menga ko‘ylak olgani pul berdi. Men bu pulni xo‘jayinimga aytmasdan dadamning muolajasiga berib yubordim. Dadam bo‘yraklarini amaliyot qildirdi. Ancha pul ketdi. Hozir yana o‘simta bor ekan, yana amaliyot qildirish kerak. Xo‘jayinimga aytmasam gunohkor bo‘lamanmi?
29:40
7. Ustoz, Alloh taolo: «Zamon bu – Menman», deb aytgan ekan. Shuni tushuntirib bersangiz. Bu degani zamonni Alloh boshqaradi, deganimi yoki rostdan ham zamon bu Allohmi?
33:15
8. Dadam topgan harom pullarini menga meros qilib qoldirsa, bu harom pullar menga halol bo‘ladimi?
43:56
9. Ayol kishi xulu’ qilib, eridan ajralmoqchi bo‘lsa, faqat eri bergan mahrni qaytarib berishi kerakmi yoki mahrdan tashqari to‘y xarajatlari, eri qilgan hadyalarni ham qaytarishi kerakmi?
50:41
10. Bir kishi uyida namozda imomlik qilganda bir rakat namozni 15-20 daqiqa, 4 rakatlik namozni bir soat o‘qirkan. Orqadagilar: «Uzun o‘qima, charchab qolyapmiz» deyishsa, u: «Sizlar sog‘lom odamsiz, namozni qisqa qilib o‘qishga uzrlaringiz yo‘q», der ekan. Namozni shunaqa uzun qilib o‘qish mumkinmi?
54:19
11. Ota-onamni bir mast odam mashinasida urib ketgan va ular shu sababli dunyodan o‘tganlar. Xayolimga qasos olish fikri kelaveradi. Qasos olsam, Ollohning qahriga uchramaymanmi?
59:38
12. O‘rta hol oiladan o‘ziga to‘q oila qiziga sovchi keldi. Sovchi tomon yaxshi xulqli, iymonli oila, lekin moddiy tarafdan qizga o‘z uyida bo‘lgan sharoitlarni ta’minlab bera olmaydilar. Ota, qizim moddiy ehtiyojlari bilan ularni qiynab qo‘yadi, o‘zi ham qiynaladi, deb sovchilarga rad javobi bermoqchi. Lekin sovchi bo‘layotgan oila axloqli, iymonli ekani tufayli faqat moddiyatni o‘ylab rad javobini bersak Allohning g‘azabi kelmasmikan, deb ikkilanib turibdi. Maslahat bering, qanday yo‘l tutilsa musulmonchilikka muvofiq bo‘ladi?
1:05:37
13. Ustoz, ahli sunnat e’tiqodi bo‘yicha, maqsadga eltuvchi sabablarga rioya etish bandaga xotirjamlik va xursandchilik ato etadi. Xotirjamlik esa «sukun»dir, «rukun» emas, deyilibdi. Shu ikki so‘z o‘rtasidagi nozik farqni tushuntirib bersangiz.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 17.06.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya