Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 10.06.2020
Savol-javoblar || 10.06.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:10
1. Diniy olimlar tomonidan chiqarilayotgan fatvolarga musulmon kishi ergashishi shartmi? Nazarimizda ba’zi fatvolar xato ko‘rinadi. Masalan, ramazon hiloliga oid fatvolar, Islom diyorida butxona qurishga ijozat berish to‘g‘risidagi fatvolarga o‘xshash. Shu mavzuni kengroq yoritib bersangiz.
8:17
2. Ustoz, ayolim go‘zallik salonida farrosh bo‘lib ishlaydi. Shu ishda ishlashi joizmi?
9:20
3. Ustoz men chet elda o‘qiyman. Alhamdulillah, Allohning ism sifatlari haqidagi darslaringizni eshitganimdan keyin oldingiga nisbatan iymonim ziyoda bo‘ldi. Men yotoqxonada yakka o‘zim namoz o‘qib yurar edim. Keyinroq yana 2-3 kishi qo‘shildi. Ular qiblani 90°C boshqa tomonga burib o‘qishmoqda. Men ularga tushuntira olmayabman. Ular quyosh botayotgan tomonga qarab namoz o‘qish kerak deb da’vo qilishyapti. Biz Rossiyaning chekkaroq qismida – Arabistonning yuqori tomonida turamiz. Shuning uchun quyosh botayotgan tomonga qarab o‘qisak to‘g‘ri kelmaydi-ku?! Men ularga qo‘shilib namoz o‘qimasam joizmi? Ular azon aytayotgan payti men ham alohida azon aytsam bo‘ladimi? Yoki ular azon aytib bo‘lgandan keyin aytishim kerakmi?
12:33
4. Ustoz, onam hali namoz boshlamaganlar, namoz o‘qish tartibi va namozda o‘qiladigan sura va zikrlarni umuman bilmaydilar. Onam to namozni to‘liq o‘rgangunlaricha menga iqtido va taqlid qilib o‘qisalar, namozlari durust bo‘ladimi? Shu tariqa o‘qisalar, namozni amalda tezroq o‘rganadilar, deb o‘ylagan edim.
14:34
5. Qarindoshlarim bir ayolni o‘zlariga ustoz qilib olishgan. Uning gapiga kirib, har bir yurgan yo‘li uchun yo‘l haqiga deb, birovnikiga mehmonga borsa eb-ichgani haqiga deb, namoz o‘qisa joynamoz haqiga deb yoki birov hadya bersa hadya haqiga deb 11 marta Ixlos, 99 marta «la ilaha illalloh» va yana necha marta Oyatal kursiyni o‘qish kerak ekan, deb yurishibdi. Agar ishi yurishmagan odam bo‘lsa, 1000 marta Oyatal kursiyni o‘qib ajdodlarining ruhlariga baxshida qilish kerak. Chunki o‘lgan avlodlar bizdan umidvor bo‘lishadi, debdi. Men: «U ayolga bormanglar, u folbin», dedim. Iltimos, ularga nasihat qilsangiz, qancha gapirsam ham gapimni olmayapdilar.
21:51
6. Xotinim bilan savol-javob o‘ynadik. Rashkim kuchliligidan bo‘lsa kerak, menda savol tugamay qoldi. Xotinim esa javobdan bosh tortdi. Xullas, men unga: «Agar javob bermasang, uchta so‘zni aytaman», dedim. «Seni taloq qildim», degan iborani nazarda tutgan edim. Gapim oxiriga etmasidan u javoblarini ayta boshladi. Men o‘sha gapimdagi oxirgi so‘z – «qildim»ni aytmagandim. Uning javobidan keyin fikrimdan qaytdim. Oradan bir muddat o‘tgach «qilmadim» dedim. Men tushunishimcha taloq tushmadi. Lekin «taloq» so‘zi og‘zimdan chiqqani sababli ko‘nglim juda g‘ash bo‘lib qoldi. Shunday holatda taloq tushganmi-yo‘qmi?
23:06
7. Ustoz, hozirgi kundagi to'yxonalar qurilishida ishlash joizmi?
26:01
8. Men Rossiyada bir kampirga qarayman. Bu kampir o‘z diniga juda sodiq. Men uning Islomga kirishini juda xohlayman. Lekin qanday da’vat qilishni bilmayman. Gapni nimadan boshlash va qanday usulda da’vat qilish haqida tushuncha bersangiz.
29:52
9. Ikki kishi namoz o'qiganda Hanafiy mazhabiga ko'ra muqtadiy biroz orqaroqda turishi kerak. Boshqa mazhablarda esa imom bilan yonma-yon turadi. Hanafiy mazhabida qaysi dalilga ko'ra orqaroq turiladi?
35:14
10. Ustoz, bugungi kunda musulmonlar turli firqalarga bo‘lingan. Biz ahli sunnadan bo‘lmagan firqalarga qanday muomalada bo‘lishimiz kerak? Ba’zilarimiz ahli sunnatdan bo‘lmaganlarni yomon ko‘ramiz. Shu ish to‘g‘rimi? Axir ular ham kalima aytgan bo‘lsa, qiyomatda baribir jannatga kirishmaydimi?!
45:51
11. Men ayolimga gapimni o‘tkazish va uni o‘zimga bo‘ysindirish maqsadida unga: «Mendan beruxsat ko‘chaga chiqsang, hatto ota-onangni ko‘rgani borsang ham javobing o‘zing bilan, ya’ni o‘rtamizga taloq tushadi» deb aytgandim. Lekin qalbimda taloq qo‘yish niyatim bo‘lmagan. Ayolim bir muddat shu tarzda yurdi. Lekin men Rossiyaga ketganimdan so‘ng dadasi ayolimni olib ketgani kelgan va ayolim esida yo‘q uyiga ketib qolgan. Mening ota-onamdan ruxsat so‘ragan, lekin mendan so‘ramagan. Endi o‘rtamizga taloq tushdimi?
49:10
12. Nima qilsak sunnatga to'liq ergashib, najot topgan firqalardan bo'la olamiz?
51:19
13. Namoz o‘qishni boshlamoqchi edim. Shunga to‘g‘ri namoz o‘qish tartibini ko‘rib chiqdim. Qa’dada o‘tirish paytida «erkaklar chap oyoqlari ustiga o‘tirib, o‘ng oyoq panjalarini qiblaga qaratadi» deyilgan. O‘ng oyog‘imni tik qo‘ysam og‘riqdan to‘g‘ri o‘tirolmayapman. Bir videoda «o‘ng oyoq panjalarini orqaga uzatib o‘tirsa bo‘ladi», deyilgan. Shunday qilish to‘g‘rimi yoki boshqa yo‘li bormi?
53:36
14. Arabchani bilmagan kishi tarjima qilingan tafsir kitoblarni o'qish odoblari bormi?
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 10.06.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya