Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 08.04.2020
Savol-javoblar || 08.04.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:11
1. Ustoz, xufton namozini o‘qimay uxlab qolishga odatlanib qoluvdim. Keyin xufton namozini o‘qimay uxlamayman, deb qasam ichdim. Lekin baribir shu holat takrorlanyapti. Haqqimga duo qiling, Alloh nafsimning ustidan hokimlik qilishni nasib etsin. Qasamimni buzganim uchun kafforat to‘lashim lozim bo‘ladimi? Agar lozim bo‘lsa, qancha va kimlarga to‘layman?
6:08
2. Shariat bo‘yicha uylangan kishi qancha muddat safarda ayolidan uzoqda yurishi joiz?
10:35
3. Hozir butun dunyoga virus tarqagan bir paytda odamlar ibrat olish va Allohga qaytish o‘rniga befoyda seriyallar, fahshni targ‘ib qiluvchi ko‘rsatuvlar ko‘rib vaqt o‘tkazyapti. Shularga nasihat qilsangiz.
19:48
4. Ustoz, qiyomatga yaqin insonlar kichrayib ketadi, hatto ular yantoq o‘simligiga chiqib azon chaqiradi, deb eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?
22:26
5. Ustoz, men ilm yo‘lida yurgan tolibi ilmman. Alhamdulillah, ko‘p narsani o‘rgandim va o‘rganyapman. Lekin akalarim meni ko‘p malomat qilishadi, kamsitishadi. Menga bir bekorchidek qarashadi. Ertaga katta bo‘lib nima ish qilasan, deb ustimdan kulishadi. Bu so‘zlardan qalbim og‘riydi. Iltimos, nasihat qiling.
29:16
6. Kelin bo‘lib tushgan uyimdan chiqishga to‘g‘ri keldi. Men hozir o‘z ota uyimdaman. Sharoit tufayli meni ota uyimga chiqarib, xo‘jayinim o‘zlari qaynanamning uyida yashayaptilar. Bu ish to‘g‘ri emas, deb tushuntira olmayapman. Iltimos, nasihat qiling
31:20
7. Biz 10 yoshli o‘g‘limni namoz o‘qishga majbur qilamiz. Ammo yosh bo‘lgani va tahoratni ushlab turolmagani sababli tez-tez tahorat qilishiga to‘g‘ri kelyapti. Yuz-qo‘liga ko‘p suv tekkani uchun sho‘rlab yorilib ketyapti. Krem sursak yana yuvib tashlashga to‘g‘ri kelyapti. Shunday holda nima qilish kerak?
33:28
8. Ustoz, men nasroniy dinidagi qizga uylanganman, nikoh vaqtida kalimayi shahodatni aytgan, lekin mening nazdimda mo’mina emas, biror marta namoz o’qimagan va qaytib Ollohni eslamadi. Biz ajrashdik, bitta qizim bor. Savolim shuki, men uni duoibad qilib qarg’asam bo’ladimi?
39:42
9. Ustoz, ayollar namozni jamoat bo’lib o’qishi afzalmi yoki yolg’iz o’qigani afzalmi? Farz namozlarda qanday, tarovih va nafl namozlarda qanday bo’ladi?
40:59
10. Hozirda ko’rishish odobi ancha o’zgarib ketyapti. Xossatan erkaklar orasida kimdir boshini bir-biriga urishtirib ko’rishadi, kimdir bir-birini yuzini o’pib korishadi. Ustoz, Payg’ambarimiz (s.a.v) dan qolgan ko’rishish sunnatini aytib o’tsangiz.
43:49
11. Biz o’rtoqlar bilan har oy 50$ dan gap o’ynaymiz. Kimdir 50$ qiymatida so’m opkeladi. Shu ish to’g’rimi? Men har doim $ da beraman, $ da olishim kerakmi? Qaysinisi shari'atga muvofiq bo’ladi?
44:28
12. Bir tanishimning 6 oylik farzandi davosi og'ir dardga chalinibdi, davolashga 2,5 mln $ ketarkan va davosi faqatgina AQShda ekan. Hozirda telegram tarmog'ida shu go’dak uchun guruh ochilgan va minglab insonlar har kuni ehson qilishmoqda. Pul yig'ilmoqda, lekin yig'ilgan pul baribir kam. Bu kasallikni 2 yoshgacha davolamasa ölim bilan tugarkan. Shunday vaziyatda farzandining hayotini saqlab qolish uchun ular bankdan kredit olishlari joizmi?
47:01
13. Sajda oyatlarini namozda o’qiganda sajdani qanday qilinishi haqida gapirib bersangiz. Masalan Iqro’ surasini o’qib tugatib “Ollohu akbar” deb sajdaga ketib keyin turib, ruku qilib, keyin yana sajda qiladimi? Yoki sajda oyatlaridan keyin o’sha rakatni o’zida qiroatni davom ettiradigan bo’lsa sajda qiladi. Agar sajda oyatidan keyin shu rakatda boshqa oyat o’qimasa odatdagidek ruku va sajda qiladimi?
50:41
14. Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ahli do‘zaxdan ikki toifasini ko‘rmadim: Bir qavmki, qo‘llarida sigirning dumiga o‘xshash qamchilari bor, ular bilan odamlarni uradilar. Bir ayollarki, ular kiyimli yalang‘ochlar bo‘lib, yo‘ldan ozdiruvchilar va yo‘ldan ozuvchilardir. Ularning boshlari tuyaning qiyshaygan o‘rkachiga o‘xshaydi. Ular jannatga kirmaslar va uning hidini ham topmaslar. Albatta, uning hidi buncha va buncha masofadan kelib turur», degan ekanlar. Ustoz, shu hadisni sharhlab bersangiz. Men yaqinda uylandim. Alhamdulillah, islomiy xonadonda yashayman. Ayolim uyimizda ham ikki kafti va yuzidan boshqa joylari yopiq holda ro’molda yuradi, chunki balog’at yoshidan o’tgan akam va ukam bor. Ayolim ro’mol o’raganda boshini orqasini ko’tarib o’raydi. Yuqoridagi hadisga tushib qolmaydimi? Hozirda juda ko’p ro’molli ayollar shunday qilib o’rashyapti. Bularning hukmi nima?
54:27
15. Ustoz, aqida darslaringizda dangasalik qilib namoz o'qimagan kishi kofir bo'lishi haqida hadis va sahobalarning so'zlarini keltirgan ekansiz. Lekin jumhur imomlar fosiq bo'ladi, deyishgan ekan. Hadislarda ochiq kofir deb kelsa ham ular nima sababdan fosiq bo'ladi deyishgan? Ularning dalillari nima?
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 08.04.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya