Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 15.04.2020
Savol-javoblar || 15.04.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:09
1. Ba’zi tanishlarim: «Namoz o‘qimasak ham ko‘nglimiz toza. Fahsh ishlar qilmasak, birovning haqqini emasak, muhimi niyat xolis bo‘lsa bo‘ldi», deydi. Shundaylarga nasihat qilsangiz.
5:48
2. Ustoz, biz tomonlarda kattalarimiz «Sharoitga qarab shariat» degan iborani ishlatishadi. Buning ma’nosi nima?
8:51
3. Karantinda uylarda jamoat bo‘lib namoz o‘qilyapti. Bizning imom har taom paytida muntazam sarimsoq eydi. Emasin demayman, lekin namoz paytida boshqalarga juda ozor beryapti. Ular sarimsoq eb masjidga chiqmasang bo‘ldi, deb o‘ylashsa kerak. Namozda xayolim alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketyapti. Nasihat qiling.
10:23
5. Aka-ukalar birgalikda zavod qurishgan va ko‘p o‘tmay ishlari kasodga uchragan. Ular o‘rtasida nizo kelib chiqqan. Aka-ukalar ayrilib ketmasligi uchun boshqa aka hamma zararni men beraman deb o‘z bo‘yniga olgan. Yillar o‘tdi, hanuz kichik uka: «Zararni to‘lamaysizmi?» deb akasi bilan urush qiladi. Holbuki, akada haqiqatdan shu yillar ichida pul bo‘lmagan. Hozirgacha uning hatto uy qilishga sharoiti yo‘q, nochor holda yashaydi. Zavod ishlayotgan paytda ham biror marta ularning puliga aralashmagan. «Zararni men bo‘ynimga oldim» degan so‘zini qaytib olsa, oxiratda buning uchun javob beradimi? Shu gapi bilan ukalaridan qarzdor bo‘lib qoladimi?
12:09
5. Qiyomatda tarozida mo‘min kishining savobli amallari og‘ir kelsa ham do‘zaxga kirishi mumkinmi?
14:12
6. Biz chet davlatda ijarada yashaymiz. Uy xo'jaynimning o'rtog'ining uyi. Kreditga olgan. Biz to'layotgan ijara puli uyni kreditiga to'lanadi. Shu joizmi? Keyin o'rtog'i uyni qachondir sotsa besh foizini xo'jaynimga berishini aytgan. Shu pul halolmi?
16:03
7. Ustoz, toun bilan vaboning farqi bormi? Toun boshqa, vabo boshqa kasallik, deyishdi. Shuni tushuntirib bersangiz.
17:01
8. Mening mebel tsexim bor, hozir 2 oydan beri ishlamayapmiz, mebel do‘konlar xam ishlamayapti, oldinda hali ishlar qanday bo‘lishi noma’lum. Savolim, omborda va do‘konlarda sotilmay turgan mebellar hisobidan zakot hisoblaymizmi?
18:14
9. Ramazondan 15 kun oldin Qur’on o’qishni boshlab ramozonda tugatsam, ramazonda xatm qilganga kiradimi?
19:31
10. Darslaringizning birida "Baroat kechasi" haqida birorta sahih hadis kelmagan deb aytgan ekansiz. Lekin Shayx Alboniy sahih deb keltirgan hadis bor ekan. Shuni qanday tushunishimiz kerak?
28:04
11. Do‘stim dorixonada ishlaydi. Dorining shifo uchun bir sabab ekanini aytib sotishi kerakmi yoki indamasdan berib yuboraversa ham bo‘ladimi? Hozirda odamlar dori tuzatadi, deyishadi. Bu shirk-ku!
35:07
12. Men 1-guruh nogironman, yura olmayman, qo‘llarim ham yaxshi ishlamaydi. 31yoshdaman. Nogiron odamga ham 5 mahal namoz o‘qish farzmi? Ota-onam keksalar, tahorat olishim ularga qiyinchilik tug‘diradi. Qolaversa, tahorat olish sabab kasalligim kuchayadi. Ota-onamning o‘zlariga yordamchi kerak. Kasalim vaqti-vaqti bilan kuchayadi, badanimda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Shuning uchun namoz o‘qimayapman. Dinimizning bu masaladagi hukmi nima?
40:02
13. Oli-Imron surasining 90 oyatini tafsir qilib bersangiz. Men bir paytlar ko‘p gunoh ishlarni qilib, so‘ng tavba qildim. Lekin baribir shu oyat hukmiga tushib qolyapmanmikan degan o‘y tinchlik bermayapti.
45:13
14. Ustoz, mo‘min kishi aksa urganida «alhamdulillah» desa, uni eshitgan kishi «yarhamukalloh» deyishi farz bo‘ladi. Ba’zilar aksa ursa, «alhamdulillah» deganini eshitmaymiz, ovoz chiqarib aytmaydi. Shunday paytda unga «yarhamukalloh» deyish farz bo‘ladimi-yo‘qmi? Undan tashqari «yarhamukalloh»ni unga eshittirib aytish shartmi?
48:38
15. Hozir karantinda aksar birodarlar dini bilan mashg'ul bo'lmay turli seriallar ko'rish bilan vaqt o'tkazishyapti. Men nasihat qilsam, ko'p chet-el seriallari insonning fikrlash doirasini kengaytiradi, deb javob qilishmoqda. Shundaylarga nasihat qilsangiz.
53:43
16. Ustoz, musofirchilikda oilam va bolalarim bilan yashayman. Ishimni o‘zgartirish maqsadida qo‘limdagi mollarni nasiyaga berganman. Agar nasiyadagi va qo‘limdagi mollarni hisoblasa zakot nisobiga etadi. Ammo pulim bir yil ichida ko‘paymagan, aksincha kamaygan. Hozirgi kunda uyimning ijarasini berishga ham qo‘limda naqd pulim yo‘q. Nasiya berganlarim sabr qilib tur, sotilsa beramiz, deyishyapti. O‘zim ham sal kam bir oydan beri karantin sababli ishga chiqqanim yo‘q. Shunday holatda akamdan zakot olsam bo‘ladimi?
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 15.04.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya