Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 05.04.2020
Savol-javoblar || 05.04.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:10
1. Ustoz, men Qur’on yodlashni boshlagan edim. Hozirgacha bir yarim poracha yodladim. Savolim shuki, Qur’onni yodlab bo‘lib, keyin tafsirini o‘rganish kerakmi yoki ham yodlab, ham tafsirini o‘rganib ketgan afzalmi?
4:29
2. Ustoz, sahobalarning barchasi har kuni Qur’on o‘qish bilan band bo‘lishganmi? Yoki ular orasida ham umr bo‘yi Qur’on o‘qishni bilmasdan o‘tib ketganlari ham bormi? Umuman olganda musulmon odam har kuni Qur’ondan qanchadir oyat o‘qishi farzmi?
9:13
3. Bir qarindoshimning eri Rossiyada urolog – siydik-tanosil kasalliklari bo‘yicha do‘xtir bo‘lib ishlaydi. Kasal ayollarga ham qararkan. Men: «Eringning ishi halol bo‘lmasa kerak», dedim. U menga: «Tabibning to‘rt narsada haqqi bor, erim shahvat bilan ko‘rmaydi-ku, bu ish mumkin», deb bahslashdi. Rostdan ham shu ishni qilish mumkinmi?
11:10
4. Ustoz, hozirda tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi kurashga jalb qilingan. Ular kamida 8 soat izolyatsiyalangan kiyimda bo‘lishlari shart ekan. Bu esa tahorat olish va namozni vaqtida o‘qishga ta’sir qiladi. Bu kabi holatlarda qanday yo‘l tutish lozim? Iltimos, imkon qadar batafsil ma’lumot bering, tokim bir dunyoviy tashvish sababli oxiratimizni boy berib qo‘ymaylik.
16:49
5. Ustoz, do‘stim yaqinda uylandi. Ayoli har narsadan qo‘rqaverar ekan va tez-tez cho‘chib tusharkan. Shunday holatda nima qilishni maslahat berasiz?
18:08
6. Men Rossiyada santexnik bo‘lib ishlayman. Ba’zida uy egalari ehtiyot qismlarni sotib olish uchun chiqolmaydi yoki yaqin do‘konlarda yo‘qligi sababli o‘z moshinamda bozorga borib sotib olaman. Sotuvchi ba’zan xarid chekiga savdoda sotiladigan narxdan qimmatroq narx yozadi-da, doimiy mijoz bo‘lganim uchun menga arzon narxda beradi. Shu ishim to‘g‘rimi?
20:27
7. Varaqa ibn Navfal islomni qabul qilganmi? Agar u qabul qilgan bo'lsa, ikkinchi musulmon hisoblanadimi?
23:44
8. Shianing Ja'fariy toifasidagi odamga turmushga chiqsa bo'ladimi?
24:14
9. Uyda oila va farzandlar bilan vitr namozini jamoat qilib o'qisa bo'ladimi?
24:51
10. Akam bilan silai rahmni uzganman. Akam otamdan yoshlikdan islomiy tarbiya ko‘rmagan. Otam akamni hammani oldida ko‘p urishar edilar. Yoshlikdan mehr ko‘rmay o‘sdi. Keyin katta bo‘lib hammaga zulm qilishni boshladi. Islomni o‘rganib, faqat nafsiga yoqqan tomonini oladi. Ishlashni xohlamaydi. Ayoli ham ajrashdi. Oilasi buzildi. Keyin opamning oilasiga yopishdi. O‘sha paytlar pochcham uysiz sovuqda uyimizga kelib yashab turuvdi. Ularni ham uydan haydab chiqardi. Pochcham bir joy topib o‘tinda isinaman deb tutundan zaharlanib vafot qildi. Opam beva qoldi. Opamni uydan haydab chiqardi. Jiyanlarimni urardi. Uyga mehmonlar ham kelmay qo‘ydi. Chunki mehmonlar ham haydalardi. Oxiri akamni bizga aralashtirmay qo‘ydik. Ammo ko‘p o‘tmay yana janjal boshlandi. Bizni oldimizda besabab yetim jiyanlarimni berahmlik bilan urardi. Onam akamni oq qildi. Toqatim toq bo‘ldi. Akamni tepkiladim. Ozgina vaqt o‘tdi. Otam o‘rtamizga tushdi. Men akamdan kechirim so‘radim. Ikkimiz shariat hukmi bo‘yicha yashab, o‘zaro mehrli bo‘lishga kelishdik. Ammo ikki hafta o‘tmasdan yana hunar boshlandi. Ishda ekanimda onam yo‘qligida homilador ayolimni sababsiz so‘kib-urmoqchi bo‘libdi. Otam zo‘rg‘a ajratib qolibdi. Uyga kelib kaltak bilan savaladim. Ustoz, shundoq odam bilan silai-rahm qilish kerakmi?
29:19
11. Rosululloh (s.a.v) subh vaqtigacha uxlagan insonni ikki qulog’iga yoki ikki qulog’idan biriga shayton bavl qilibdi, degan ekanlar. Demak, biz bomdod vaqtidan oldinroq turishimiz kerakmi? Iltimos, tushuntirib bersangiz.
30:24
12. Janozada marhumning qarzini oila a’zolaridan biri bo‘yniga olishi bilan qarzlaridan qutiladimi? Umuman olganda janozada biror kishi marhumning qarzlarini bo‘ynimga oldim, deb chiqishi joizmi, sunnatga xilof emasmi?
32:40
13. Uyda namoz o‘qir ekanman, kichik farzandlarim atrofimda o‘ynab, ba’zan ustimga chiqib olib namozdan chalg‘itadi. Kecha xuftonning farzini o‘qib bo‘lib, biroz vaqt o‘tgach aniq necha rakaat o‘qiganimni eslolmadim. Shunday holatda nima qilishim kerak?
35:37
14. «Alloh bu dinga fojir inson bilan ham yordam beradi» degan hadisni sharhlab bersangiz.
38:43
15. Kelin qaynotani cho‘miltirsa bo‘ladimi? O‘g‘li bor, nevaralari ham 20-25 yoshli yigitlar, hech biri yuvintirishni xohlamaydi. Shu bois kelini cho‘miltiradi, qaynota 80 ga kirgan, ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi. Kelin bu ishi uchun gunohkor bo‘ladimi? O‘g‘il va nevaralarning javobgarligi qanday bo‘ladi? Ularga ham nasihat kilsangiz, zora o‘zlari qarashsa.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 05.04.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya