Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 01.04.2020
Savol-javoblar || 01.04.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:11
1. Ustoz, fiqhdagi ikki bir-biriga xola bo‘lgan ayollarni tushuntirib bersangiz.
2:56
2. Ustoz, dugonam ikkinchi xotin bo‘lib turmushga chiqqan. Birinchi eridan 3 nafar farzandi bor. Hozirgi eri undan farzand ko‘rishni xohlaydi, u esa xohlamaydi. «Sizning ham, mening ham farzandlarimiz bor. O‘rtamizda farzand bo‘lsa, turmushimiz uzoqqa cho‘zilmay qolsa, bolam otasiz katta bo‘ladimi?!» deydi eriga. Chunki erining birinchi oilasi unga uylanganini bilmaydi, bilib qolsa yashatmasligidan qo‘rqadi. Maslahat bering, dugonam nima qilsin?
8:46
3. Har yili ramazonda zakot berar edim. Bu yil zakotimni bir oy oldin chiqarib, karantinda o‘tirganlarga yordam sifatida oziq-ovqat obersam bo‘ladimi? Ular orasida zakot olishga loyiqmaslari ham bo‘lishi mumkin. Men so‘raganlarga etkazib beraman, ularning zakot olishga loyiqmi, yo‘qmi, bilmayman. Shunday qilsam to‘g‘ri bo‘ladimi?
12:17
4. Ustoz, men oilam bilan xorijda yashab, o‘qiyman. Yurtimizda bir do‘konimiz bor, shundan kelgan ijara puli bilan yashaymiz. Ma’lumki, hozir hamma joyda karantin. Shu sababli bozorlar yopiq, do‘kon ham ishlamayapti. Ijarachimga do‘konni ijara vaqti keldi, desam, «Hozir ishlamayapmizku?!» dedi. Men «Unday bo‘lsa, ijara pulining yarmini ber, shunda har ikkimiz ijaraning yarmidan kechgan bo‘lamiz», dedim. Bir do‘stim «Bu ishing noto‘g‘ri, u do‘konni hozir ishlatmayapti-ku?! Hozir vabo vaqti bo‘lsa, unda nima ayb?!», dedi. Lekin menga keladigan boshqa tushum yo‘q. Shu holatda nima qilishni maslahat berasiz?
15:01
5. Bir usta 3 yil oldin birovdan 400 dollar atrofida qarz olgan ekan. Usta o‘tgan yili Rossiyada qarz bergan insonning ukasi qo‘lida ishlab qaytibdi, lekin ish haqini ololmabdi. Shunga akasi qarzini so‘rab kelsa «Ukangdan olasan. Oldin ukang menga qarzini bersin, keyin men senga qarzingni beraman», desa bo‘ladimi?
19:48
6. Tanishlarim 30 pora Qur’onni o‘zaro bo‘lib o‘qishadida, oxirgi poralarni qoldirib, haj yoki umraga borayotgan kishidan o‘qib qo‘yishni, o‘sha erda xatm qilib, duo qilishini iltimos qilishadi. Hajda xatm qilish bilan boshqa joyda qilish orasida farq bormi?
21:39
7. Zebra go’shti halolmi? O’zbekistonga zebraning ichagidan qazi qilinyapti. Shuni iste’mol qilish joizmi?
22:20
8. Ustoz, o‘tgan safargi darsingizda shariatda o‘ldirishga buyurilgan hayvonlar qatorida qarg‘ani ham sanab o‘tdingiz. Bizning yurtlarda qish faslida qarg‘alar ko‘p bo‘ladi. Shularni ovlasak bo‘ladimi? Qarg‘aning go‘shti halolmi?
25:01
9. Birov haqida gapirganda uning ismini aytmasdan, tinglovchiga uning shaxsiyatini bildirmasdan, uning qilgan ishlaridan ibrat olish maqsadida gapirilsa g'iybat bo'ladimi? Umuman, g'iybat haqida kengroq tishuncha bersangiz. Qaysi hollarda g'iybat bo'ladi?
27:22
10. Qur’oni karimdagi «Munofiqlar Allohni kam zikr qiladilar» degan oyatni tafsir qilib bersangiz. Qalblari kofir bo‘lsa, qanday qilib Allohni zikr qiladilar? Shuni tushuntirib bersangiz.
33:11
11. Men birjada un savdosida qatnashib, un sotib olib, ustiga foyda qo‘yib, do‘kondorlarga sotsam bo‘ladimi? Masalan, birjada 1 qop unning bahosi 112 ming, do‘konda esa 130-135 mingdan sotiladi. Birjadan tashqari erkin narxda sotilmaydi. Unni har kim ham sotib ololmaydi, faqat firmasi borlar kimoshdi savdosida qatnashib, sotib oladi.
35:04
12. Muslim, Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda aytilishicha, qiyomatdan oldin bir tutun zohir bo‘ladi. U kofirlarning jonini oladi, mo‘minlarga tumovdek ta’sir qiladi, xolos. O‘sha tutun er yuzida 40 kun turadi, deyilgan ekan. O‘sha tutun hozirgi koronavirus kasalligimi?
38:00
13. Men Rossiyada ishlayman. O‘rislarning qabrini qazib bersak bo‘ladimi?
38:59
14. Ustoz, bizning o’lkalarda tut daraxtidan bir vaqti kelgach qondek qizil suyuqlik ciqadi. Odamlar buni qon deyishadi. Va odamlar shuni arralab kesmoqchi bo’lsa oldin qon chiqarib, ya’ni qurbonlik qilib, keyin kesadi. Shu ishlar to’g’rimi, bid’at emasmi?
40:23
15. Yaqinda youtubeda tarqalgan “Agar kimning ayoli qiz tug’aversa yoki farzandi tug’ilmay nobud bo’laversa, uch juma ayolini kindagiga qo’lini qo’yib, ey Alloh, menga farzand bersang, ismini Muhammad qo’yaman, deb niyat qilsa, Alloh og’il farzand beradi” degan hadis sahihmi? Bir tanishim shu hadisga juda ishonib amal qildi va ayoli homilador bo’ldi. Lekin ultratovush tekshiruvi farzandini qiz deb aytdi. Shunga nima deysiz?
44:37
16. Erim taloq berib ajrashdik, so‘ng bir muddat o‘tgach yangi nikoh va mahr bilan qaytarib oldi. Biroq hali mahrni bermasidan avval yana turmushimiz bo‘lmay ajrashdik. Men erimga: Menga beradigan mahringiz kerak emas, sizni xulu’ qildim, dedim. Shu bilan ajrashib ketdik. Oradan 3 oy o‘tgach erim kelib: bizning nikohimiz buzulmagan ekan, oldimda hijobsiz yuraver deyapti. Haqiqatda shundaymi? Erimda ko‘nglim yo‘q, u bilan yashamoqchi emasman. Menga yo‘l ko‘rsating.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 01.04.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya