Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 29.03.2020
Savol-javoblar || 29.03.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:14
1. Men zargarlik kasbi bilan shug‘ullanaman. Turli tilla va kumush buyumlarni ta’mirlayman. Buyumlarni ta’mirlash mobaynida tilla buyumlardan qirindilar tushadi. Shu tilla qirindilarga javobgar bo‘lamanmi?
3:41
2. Ustoz, men eski shishalarni xalqdan kilolab sotib olib, donalab sotardim. Bu ishim spirtli ichimliklar ishlab chiqarishni rivojlantirishga kirib qolmasmikan, deb o‘ylab qoldim. Shu ishim to‘g‘rimi?
4:34
3. Biz to‘rt kishi bo‘lib, bir oy ichida kim ko‘p sura yod olish musobaqasini tashkillashtirdik. Qolganlar oshxonada o‘tirib g‘olibni taqdirlasak, ya’ni unga pul to‘latmay ziyofat qilsak, shu ishimiz qimor bo‘lib qolmaydimi?
5:26
4. Ustoz, burnimda gaymorit bor. Tahorat olmoqchi bo‘lib, issiq suv jo‘mragini ochganimda ha deganda issiq suv tushavermaydi. Biroz kutishga to‘g‘ri keladi. Ungacha 5–10 litr sovuq suv bekor oqib ketadi. Buning uchun gunohkor bo‘lamanmi?
8:43
5. Muazzin azonning oxirgi kalimasi «La ilaha illalloh»ni aytar ekan, jamoat ham unga jo‘r bo‘lib takrorlaydi. Bu to‘g‘rimi, bid’at emasmi?
10:40
6. Eshitishimga qaraganda Namozni uyni xar bir burchagida o‘qilsa yaxshi bo‘lar ekan. Uyning yotoqxonasida ham namoz o‘qish joizmi?
13:28
7. Biz uyimizni tayyor sotib olganmiz. Qo‘shnimizning aytishicha, bizdan avval yashagan odamlar kasodga uchrab, kasal bo‘lib o‘lgan ekan. Erim yaxshi pul topadi, lekin barakasi yo‘q. Ustiga–ustak, katta pul qarz bo‘lib, kasodga uchragan. Uyimizni ta’mirlaymiz, deb suvog‘ini ko‘chirayotgandik, bir suyak devor ichiga loy bilan suvalgan ekan. Devorning o‘sha joyi ko‘p uqalanib tukilar edi. Qaynonam uyni almashtirish kerak, deyaviradi. Uztoz, rostdan ham uy xosiyatsiz bo‘ladimi?
19:29
8. Ustoz, men mebelchiman. Mijozlardan buyurtma olaman. Ba’zi mijozlar bir oydan keyin qilib berasiz, deb uch millionlik mebelga bir million zakalat berib ketadi. Shunda men: «Agar bir oyda mebelni olib ketmasangiz yoki hozirdan pulini to‘liq to‘lamasangiz narxi oshib ketishi mumkin. Xomashyo oshsa, kelishilgan narxga oshgan narxini qo‘shib berasiz», deb shart qo‘yaman. Bu ishim ribo emasmi?
20:50
9. Ustoz, aqidaviy masalalarda taqlid qilish joizmi? Ya’ni aqidaviy masalalarga oid dalillarni bilmagan odam taqlid qilsa bo‘ladimi?
28:42
10. Namozning oxiridagi tasbehda 33 tadan ko'p qaytarsa bo'ladimi? Yoki o'zi bilmagan holda 33 martadan kam aytsa nima bo'ladi?
30:41
11. Qarzu hasana haqida kengroq tushuntirib bersangiz. Shu haqda sahih hadis yoki rivoyat kelganmi?
32:48
12. Ustoz, hozirda virus tarqashi sabab ijtimoiy tarmoqlarda bir kunga yoki vaqtga xoslab har xil ibodat qilishga targ’iblar boshlangan. Masalan, ertaga kechasi soat 3:00da hamma tahajjudga turib duo qilsin, degan mazmunda. Shu ish bid’at bo’lib qolmaydimi?
36:25
13. Biz akam bilan Rossiyada ishlaymiz. Akamning oilasi bizdan alohida ko‘chib chiqqan, yangam, ya‘ni akamning ayoli haqida rosa hunuk gaplar eshityapmiz. Bir-ikki kishidan emas, deyarli hamma qo‘shnisidan eshitdik va mahalla posboni ham norozi. Onam menga aytdi, hali o‘ziga aytganimiz yo‘q. Qaynday yo‘l tutaylik, ustoz?
39:54
14. Islomda joriyalarga qanday qaraladi, joriyalar hozir ham bormi?
46:01
15. Ustoz, siz hamisha bank kreditlarini ribo deb aytasiz. Men avto kredit olmoqchi edim. Bizda mashina juda qimmat, mashina bilan ishlab pulini to’lasa bo’ladi. Axir ikkinchi tomonni ham o’ylab javob bersak bo'lmaydimi? Eski mashina olsam undan battar qiynalaman, topgan pulum ustaga va zapchastga ketadi. Kredit menga qulay bo’lyapti.
51:20
16. Ustoz, hozirda teleekranlarda shifokorlarga rahmatlar ko‘p aytilmoqda. Bu ish ularga suyanish bo‘lib qolmayaptimi? Shifokorlarga har tomondan olqishlar, qarsak chalishlarini ko‘ryapmiz. Iltimos, ustoz, nasihat qilsangiz.
55:48
17. Bir dugonam eridan yotog‘ini alohida kilib olganini aytdi. Sababi dugonam uyqusida gapirar, xurrak otar ekan, bu turmush o‘rtogiga yoqmas ekan. Umr yo‘ldoshi kechalari dugonamni uyg‘otib, tinch uxlamagani uchun urishib berar ekan. Hatto eri tinch uxla, deb qattiq turtkilar ham ekan, dugonamning uyqusida ham orom qolmabdi. Shu sabab dugonam yotog‘ini alohida qilib olgani to‘g‘rimi, bu ishi uchun gunohkor bo‘lmaydimi?
57:43
18. "Taqiqlangan iblis" kitobi haqida malumot bersangiz.
59:31
19. Biz mol boqish uchun molxona qurmoqchi edik, molning orqa tarafini qibla tarafga qaratsak bizga ancha qulay bo’ladi. Lekin bir kishi, bunday qilsangiz ishingizda baraka bo’lmaydi, dedi. Bunday qilishimiz noto’g’rimi?
1:00:34
20. Ayolim homilador edi. Allohning irodasi bilan 2 oyligida nobud bo'ldi. Shu bolaga ism qo'yib, dafn etliadimi yoki shunchaki dafn etiladimi?
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 29.03.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya