Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 25.03.2020
Savol-javoblar || 25.03.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:13
1. Ustoz, bir oilada pul o‘rtada, uni ota tasarruf qilib ishlatadi. Farzandlar mulki qancha ekanini bilmaydi. Aka-ukalarning mulki otaniki hisoblanadimi? Otadan keyin mulk qanday taqsimlanadi?
3:15
2. Ustoz, mening Hasan-Husan farzandlarim bor. Ular 10 yoshdalar, aqli pastroq. Do‘xtirlar tekshirib hech narsa topishmadi, buning sababini bilishmayapti. Mullaga borgandim, bolalarimning ichiga yomon jinlar kirganini aytdi. Boshqa mullaga borsam ularga ko‘z tekkanini, odamzotda parda bo‘lishini, o‘sha parda ochilib, jin va shaytonlar kirib-chiqib yurganini aytdi. Bolalarimning o‘z-o‘zidan kuladigan, gapiradigan va bitta joyda mudom aylanib turadigan odati bor. Mullaning gapi to‘g‘rimi?
7:50
3. Ustoz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam rost gapni aytib hazillashganlar, deb eshitgandim. Ba’zilar atrofidagilarga, o‘rtoqlariga juda qattiq hazil qilishadi. O‘rtog‘i xafa bo‘lsa yoki achchig‘i chiqsa, keyin hazilligini aytadi. Ungacha o‘rtog‘i xafa bo‘ladi, ba’zida hazili qattiqligidan hazillashgan odamni urib-so‘kib tashlashgacha boradi. Ustoz, shundaylarga nasihat qilsangiz.
13:55
4. Ustoz, Allohni tanish haqidagi ma’ruzalaringizni eshitib umumiy bir xulosaga keldim: inson Allohga qalban taslim bo‘lishi kerakligi, Allohni qalbi bilan tanisagina najot topishi mumkinligini tushundim. Lekin negadir qalbimda yaqin hosil bo‘lishi sust bo‘lmoqda. Gohida o‘zimni elkasiga ilm yuklangan, lekin haqiqiy iymon lazzatini totmagan insondek his qilaman. Oldinlari qalbim ko‘b yumshab turar edi. Hozir balki gunohlarim sabab bundan to‘silib kolgandirman. Xuddi najot yo‘lini, jannat kaliti nima ekanini bilib, lekin o‘sha eshikka kirish uchun kalitni qo‘lida ushlab tura olmayotgandekman. Iltimos, meni bir yaxshilikka yo‘llab nasihat qilsangiz.
20:45
5. Ustoz, yoshim 27 da. Hadislarda eshitishimcha, uylanish uchun avvalo qizning diniga e’tibor qaratish kerak ekan. Men tanlagan qiz sinfdoshim bo‘ladi. Ba’zi sabablarga ko‘ra hali turmushga chiqmagan. Lekin yoshlikdan hijobda, ibodatli qiz. Oilamdagilar uning yoshiga e’tiroz bildirishmoqda. Maslahat bering, nima qilay?
23:26
6. «Ilohiy sunnatlar» darslaringizni ko‘rdim. U erda aytilishicha, gunoh sodir etilayotgan paytda jim turganlarga ham balo keladi, lekin oqibat taqvodorlarniki bo‘lar ekan. Men iloji boricha o‘zimdagi xatolarimni to‘g‘rilab boryapman. Lekin bir narsani yaxshi tushunmayapman. Ko‘chaga chiqqanimda pana joylarda yigit-qizlar turishgan bo‘ladi. Ularning oldiga borib gapirgim keladi. Lekin indamay o‘tib ketaveraman. Moshina bozorga borsam odamlar bank orqali foizga «avto kredit» bilan shartnomalashayotgan bo‘lishadi. Ularga «Foiz harom, moshinni bank orqali olmang», degim keladi, lekin aytolmayman. Aytsam aniq ishkal bo‘lishi mumkin. Shunaqa holatda nima qilsam eng to‘g‘ri ish qilgan bo‘laman?
31:43
7. Er rashk qilib ayolini tepsa, buning hukmi nima?
36:48
8. Tuya go‘shti eyish tahoratni buzadimi?
38:41
9. Ustoz, hozirgi holatda yurtimizda juma namozi o'qilmayapti. Shu sababli peshin namozini juma namozi vaqtida o'qish makruh deb eshitdim. Juma namozini o'tkazib keyin o'qish kerakmi? Bir domla shunday dedi. Iltimos, dalili bilan aytib bersangiz.
41:21
10. Ustoz, erkak kishining uch tomonida ayol kishi bo‘lsa, namozi buziladi, garchi Masjidul haromda bo‘lsa ham, deb eshitdim. Shu to‘g‘rimi?
44:14
11. Ustoz, avtomobil ehtiyot qismlari tijorati bilan shug‘illanaman. Tovarlarni sanashning iloji yo‘q, mayda cho‘yda narsalar. Shunday holatda zakot uchun ularni qanday hisoblayman, taxminan hisoblaymanmi?
45:45
12. Oilada shariatga aloqador masalalarda kelishmovchilik chiqib, er ayoliga: uydan chiq, yo'qol, deb aytsa, keyin ota-onasiga telefon qilib, uyidagilariga ayting, qizini olib kestin, deb aytsa, oraga nechta taloq tushadi? Har bir aytgan gapiga taloq tushadimi? Lekin er bir-ikki kun o'tib, taloq niyatida aytmadim, deb yarashib olishsa hukm qanday bo'ladi? Agar uch taloq tushmagan bo'lsa, nikohni yangilab olish kerak bo'ladimi?
47:49
13. Islomda uylanish yoki turmush qurish uchun muayyan yosh belgilanganmi?
49:34
14. Musulmon odamning yuvilmay va janozasi o‘qilmay ko‘milishining hukmi nima? Hozir Evropada virus sabab vafot etgan musulmonlarning jasadi egalariga berilmay yoqib yuborilmoqda.
52:41
15. Uztoz, oilada 11 farzandmiz: 7 qiz va 4 o‘g‘il. Onamlar 84 dalar, men bilan birga yashaydilar. Men jigarlarimni juda yaxshi ko‘raman. Har juma biznikiga kelishadi. Hammalari ibodatda, hijobda. Ammo ularni bolalarim yoqtirishmaydi. Shuning uchun farzandlarim bilan ko‘p urishaman. «Ular mening jigarlarim. Ular men uchun birinchi o‘rinda, senlar ikkinchi o‘rinda», deyman. Jigarlarim kelishsa, bolalarim xarajat qilgisi kelmaydi. O‘zim pul topgan paytimda o‘zim xarajat qilib, ularni yaxshi kutib olar edim. Maslahat bering.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 25.03.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya