Asosiy mazmunga oʻtish
ورثة الأنبياء
WARATHATUL ANBIYA
Uzb
Uzb
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
QUR'ON
ULAMOLAR
HADISLAR
DARSLIKLAR
DUOLAR
ESLATMALAR
KITOBLAR
FATVOLAR
NAZMLAR
QIDIRISH
Yuklanmoqda...
الفتاوى
Bosh sahifa
/
Fatvolar
/
Fatvo
◇ VIDEO FATVO
Savol-javoblar || 22.03.2020
Savol-javoblar || 22.03.2020
0:00
<Untitled Chapter 1>
0:00
1×
Boʻlimlar
0:00
<Untitled Chapter 1>
1:12
1. Ustoz, «Moun» surasini tafsir qilar ekansiz, munofiqlarning sifatlarini gapirib o‘tgan ediz. Savolim shundan iboratki, biz yashaydigan hududda ba’zi birodarlarimiz rabboniy olimlarning darslarini eshitib, duch kelgan odamlarga eshitgan narsalarini aytib da’vat qilishni boshlashadi. Biz ham haq tomonidamiz. Lekin ba’zi o‘rinlarda ularni bunday da’vat qilishdan qaytarib qolganmiz. Suraning tafsirida e’tiqodiy nifoq alomatlari haqida gapirgan edingiz. Shu haqda chuqur tafakkur qilib, «Biz ham munofiqlardan emasmikanmiz», degan o‘y paydo bo‘ldi. O‘zingiz yo‘l ko‘rsating, iltimos.
6:56
2. «Shariatning maqsadi manfaatlarni jalb etish va takomillashtirish, zararlarni daf etish va kamaytirish», deb eshitib qoldim. Savolim shuki, nega unda odamlar shariat desa og‘ir va yoqimsiz majburiy qonunlarni his etishadi, shariatni o‘rganish va unga amal qilishga qiziqishmaydi? Axir kofirmi, mo‘minmi, ayolmi, erkakmi, hamma birdek manfaatga ishqiboz va zarardan uzoq bo‘lishni istaydiku?! Bu hammaning fitratida bor narsa emasmi?! Shuni tushuntirib bersangiz.
15:37
3. Zuho surasida «Albatta, sen uchun oxirat bu dunyodan yaxshiroqdir va yaqinda Rabbing senga ato etur va sen rozi bo‘lursan», degan oyat bor. Bu ma’nolarni o‘qib har bir mo‘min bu gaplar menga ham tegishli deb e’tiqod qilishi kerakmi? Ya’ni Alloh menga: «Sen uchun bu dunyodan ko‘ra oxirat afzaldir», deyapti deb qabul qilishimiz kerakmi?
17:13
4. Bir beva ayol bor, yoshi 33 da, ikkita bolasi bor, eri o‘lgan. Shu ayol ikkimiz turmush qurmoqchi edik. Ikkinchi ayol bo‘lib tegishga rozi. Aka-ukasi yo‘q, dadasiga aytamiz deb turgan edik, dadasi infarkt bo‘lib qoldi. Oilasida dadasidan boshqa hamma rozi. Dadasidan so‘raymiz desak, kasalligi sabab so‘rab bo‘lmayapti. Shu ayol bilan dadasidan ruxsat olmasdan nikoh qilsak bo‘ladimi?
20:10
5. Ustoz, erkaklar maska taqib namoz o‘qisa bo‘ladimi?
20:44
6. Ustoz, taqriban 10 yil oldin momomning janozasini o’qigandim, uchta takbir bilan, mayyitga duo qilmay salom bergandim. Shu janoza namoz sahih bo’lganmi? Sahih bo’lmasa nima qilish kerak?
24:12
7. Ustoz, biz Alloh qodir qilgancha Allox buyurgan amallarni qilyapmiz. Shu amallar maqbul bo‘lishi uchun nima qilishimiz kerak va amallarimiz maqbul bo‘lganini qanday bilamiz?
26:51
8. Bir kishining puli zakot nisobiga etsa va uning birov bilan sheriklik do‘koni bo‘lsa, shu do‘kondagi pullarini o‘zining pullariga qo‘shib zakot chiqaradimi yoki do‘kondagi pullarini sherigi bilan alohida hisoblab chiqaradimi? Agar do‘kondagi pul nisobga etmagan bo‘lsa-chi, unda qanday hisob qilinadi?
27:59
9. Ustoz, «Yasin» surasidagi «Salamun qovlan mir robbir rohiym» oyatini kengroq tafsir qilib bersangiz. Bu nido kim tomonidan va qachon aytiladi, ba’zi tafsirlarni ko‘rdim, qoniqmadim.
29:37
10. Do’stlarim bilan jamoat bo’lib namoz o’qiganimizda imomlikka ko’pincha men o’taman. Ma’lumki, namoz payti tahorat ketib qolsa qayta o’qish kerak, lekin imom bo’lib turgan odamning tahorati ketsa, nima qilishi kerakligini tushuntirib bersangiz.
30:48
11. Piramidasimon tuzilgan shirkatlardan odam jalb qilmay, faqat o‘zim ishlatishim uchun mahsulot sotib olsam bo‘ladimi? Faqat buning ortidan mendan yuqoridagi odamga bal beriladi.
32:12
12. Xotinim o‘tgan yili vafot etdi va undan ikki nafar farzand qolgan. Bolalarim hali yosh. Yaqinda uylandim. Alhamdulillah, xotinim bolalarimga juda mehribon. Bolalarim ham juda yaxshi qabul qilishdi. Xotinimni onajon deb chaqirishadi va o‘zlari ham bundan juda xursand. Rahmatli xotinimning onasi bolalarimga «Ona deb chaqirmanglar, opa denglar», deb aytar ekan. Bolalarim ona deyishni juda xohlashadi. Fikri buzilmasin deb vaqtinchalik bolalarni buvisinikiga yubormasam gunohkor bo‘lamanmi?
33:52
13. «Ayollar har bir ummatning taraqqiyoti yoki qoloqligini o‘lchaydigan to‘g‘ri o‘lchovdir» degan gapni o‘qigan edim. Shu gap to‘g‘rimi?
35:27
14. Mening bittayu bitta opam bor, bir-birimiz bilan juda yaqinmiz. Opam eri bilan ajrashganiga hech qancha bo‘lmay bir kishi biz uyda yo‘qligimizdan foydalanib uyimizga kirib, opamni urib, hammayog‘ini ko‘kartirib zo‘ravonlik qilgan. Buni opam onamga yig‘lab aytib berayotganini eshitib qoldim. Men nima qilishni bilmay qoldim, xayolimdan uni o‘ldiraman degan fikr hech ketmayapti, har namozimda uni duoyibad qilyapman. Shu ishim to‘g‘rimi? Ustoz, menga maslahat bering, nima qilay, sabr qilishim kerakmi?
37:49
15. Men bo‘yoqchilik bilan shug‘ullanaman. Bo‘yoq do‘konidan hisob ochib foydalanganim uchun bo‘yoqlarni o‘z narxidan 40-50% arzon qilib berishadi. Tashqaridan kelgan odamga o‘z narxida sotishadi. Shunda men mijozlarimga shu bo‘yoqlarni do‘kondagi narxida pullasam joizmi? Yoki o‘zim olgan narxda hisob-kitob qilishim kerakmi?
39:06
16. Domla, bir inson kreditga pul olib, 300 mingga mashina sotib olgan. Keyin mashinani menga 450 mingga qarzga sotgan. U olgan kredit menga ham yozilmaydimi? Men u pulning kreditga olinganini bilardim.
Avtomatik ijro
Ulamo
Sodiq Samarqandiy
Axloq va Tarbiya
Muomalalar
Ibodat
Fiqh
Aqida
← Barcha fatvolar
Savol-javoblar || 22.03.2020 | Fatvolar | Warathatul Anbiya