Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Tibbiyot yo'nalishida tahsil olaman. Maqsadim Allohning dini yo'lida muslima opa-singillarimizga xizmat qilish. Ba'zida bu harakatlar bilan Allohning roziligiga ketayapmanmi o'zi deb, o'zimdan nafratlanib ketaman. Lekin Alloh meni shu o'ringa qo'ygan, nima bo'lsa ham qo'limdan kelgancha sobit turishim kerak deb o'zimga uqtirib harakat qilaman. Universitetdagi muhit, dars vaqtlari namoz vaqtlariga ataylab qo'yilgandek tuyiladi menga. Iltimos, biz kabi ilm talabidagi yoshlarga nasihat o'laroq maslahatlar bering, yanada sobit turishimiz uchun.