Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Men doim solih boʻlishga harakat qilaman, ammo gunohlar qilib qoʻyaman. Masalan, bugun musiqa eshitishni tark qilsam, ertasi kuni koʻz zinosi; uni tark qildim desam, namozga beparvolik; uni endi toʻgʻirladim desam, gʻiybat yoki lagʻvga shoʻngʻib ketyapman. Xuddi suvning trubasi chirib qolgandek, u yogʻini yamasangiz bu yogʻi ketib qoladi — men ham shunday ahvoldaman. Eng solih boʻldim deganda uzogʻi bir hafta solih boʻlib, gunoh qilmasdan yura olaman, undan keyin yana qoqilaman. Bu Xudo urib qoʻyganning alomati emasmikin, menga laʼnat tegmaganmikin? Koʻpchilik meni solih yigit deb oʻylaydi, lekin mening ichimdagi gunohlarimni bilishsa, jirkanib ketishar edi. Nima qilay, maslahat bering.