Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Halol bilan harom faqat go'sht mahsulotlaridami bo'ladi? Tovuq go'shtini har qanday do'kondan olishadi, shu to'g'rimi? Biznikilar bolalarga ko'p do'kon narsalarini olib berishadi: gazli suvlar, energetiklar, konfet, chupa-chups, marojni, chips, kirishki, har xil pechenye, keklar. Bunday narsalarning zarari borligini, ko'p kimyoviy modda borligini bilaman, lekin baribir bolani boshli qilib olib berishadi. Shuni so'ramoqchi bo'lganim: bunday narsalarni bolalarga yedirib katta qilsa, harom narsaga kirib qolmaydimi? Bitta bola faqat halol luqma yeb katta bo'lgani uchun masjidda jannatiy va do'zaxiyni ajratadigan bo'lar ekan — shu sahihmi? Keyin faqat halol luqmalarga nimalar kiradi? Hozir hamma narsani do'kondan ishlatamiz, hamma narsa dorilangan, hatto mevalarimiz ham.