Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Mening kundoshim bor. Turmush o'rtog'im hozirgi kunda kundoshim bilan arazlashgan va hajr qilgan, endi men bilan yaxshi, har kuni mening oldimga kelyapti. Lekin meni ichimdan qiynayotgan narsa shuki, men kundoshimning haqqini yemayapmanmi? Xo'jayinim nima qilishi kerak, bir kun kelib bir kun kelmasligi kerakmi, yoki kundoshim bilan yarashib olguncha har kuni kelsa bo'laveradimi? Yana bir narsa: turmush o'rtog'im nafsi uchun hajr qilmadilar, orada diniy masala bor, kundoshimning diniy tarbiyasi bor. Xo'jayinim ishlaydi, uning oziq-ovqati, kiyim-kechagidan men xabardor bo'lib turishim kerak deb o'ylayman. Sizning bir masalada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha ayollarini teng hajr qilgan deganingizni eshitgan edim. Mening ichimda xotirjamlik yo'q, kundoshimning haqqiga javob beramanmi?