Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Siyratda bir sahobiya ayol bo'ladi. Erining dini va xulqidan rozi bo'lsa-da, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldiga eridan taloq so'rashga ijozat so'raganda u Zot izn beradi va ayol xul' qiladi. Bugun bir ayol (dinidan faqat namoz, ro'zasi bor) erining xulqidan ozor cheksa, "demak men qaysidir xulqimni tuzatishim uchun Allah menga shu erni sinov qilib berdi" deb ayol o'z ustida, xulqida, dinida, qalb kasalliklarida ishlagani yaxshimi yoki yuqoridagi hadisdagi sahobiya ayoldek qaror qilishi to'g'rimi? Ya'ni bunday ayollar bugun ko'p, ularni eng afzal qaysi yo'lga targ'ib qilish kerak?