Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bolaligimda onam otamga behurmatlik munosabatida boʻlganini koʻp koʻrganman. Shunda men, inshaAlloh, juftimga unday boʻlmayman deganman, lekin vaqtlar oʻtib beixtiyor koʻpincha oʻzim ham onamdek munosabatda boʻlib qolyapman. Maʼruzalar eshitaman erga qanday munosabatda boʻlish kerakligi haqida, lekin baribir muhit taʼsir qilgani uchunmi yoki tilim yomonligidanmi, oʻzim xohlagandek munosabatda boʻla olmayapman. Shuning dastidan erimni ham koʻp norozi qilib qoʻyayapman. Lekin erim ham biron narsani urush-janjal qilmagunimcha qilib bermaydi, albatta gapirsam keyin jahl ustida qilib beradi. Shunda men gunohkormanmi, nima qilsam boʻladi?