Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Farzandlarni namozga chaqirib, kerak bo'lsa majburlab, ya'ni boshida turib o'qitgandek, kelinlarga ham shunaqa talab qilish kerakmi? Agar o'zini bilib namoz o'qimasa qattiq turib talab qilish joizmi? Yoki yolg'on bahonalar qilib yillar davomida namozini onda-sonda o'qib qo'ysa ham, faqat "namoz o'qidingizmi" deb eslatma berish kifoyami? Bir ilmli odam "unaqa majburlamang, bildirib qo'ysangiz bo'ldi" deb Qur'ondan "laa ikroha fiddin" deb dalil keltirdi. Unda "farzandlaringiz voyaga yetgach namoz o'qimasa uring" degan ma'nodagi hadis bilan qanday jamlaymiz?