Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Shu g'iybatga taalluqli bir rivoyat eshitganman: Bir solih taqvodor kishining fohisha qo'shnisi bo'lar ekan. Hayit kuni shu buzuq ayolning eshigi shamolga ovoz chiqarib ochilib yopilganida haligi solih taqvodor ayoliga qarab: 'Qo'shnining shu bugun ham eshigi tinmadi' degan ekan. Shunda vaqtlar o'tib fohisha ayol ham, taqvoli erkak ham o'lishibdi. Lekin taqvodor erkak do'zaxga, fohisha esa jannatga tushibdi. Sababi u taqvodor qo'shnisini 'shu bugun ham eshigi tinmadi' degani uchun g'iybat qilgani sababli hamma savoblarini fohisha ayol olib jannatga kirgan ekan. Shu rivoyat qanchalik sahih yoki to'qib chiqilganmi?