Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bizning diyorlarda yosh bolalarga, xususan o'g'il bolalarga: "Kechasi ochiq joyda hojatga borsang, hojatdan oldin 'po'sh-po'sh' deb uch-to'rt marta aytgin, bu bilan sen o'sha yerdagi jinlarni ogohlantirasan. Agar bilmasdan birorta jinning ustiga tahoratingni to'ksang, o'sha jin senga zarar berishi mumkin" deb uqtirib kelinadi. Savol shu: bu ish qanchalik to'g'ri? Bu bilan johiliyatdagi arablarning shirk odatini qaytargan bo'lib qolmaymizmi? Johiliyatdagi arablar safarga chiqishsa va tunda sahroda qolib qolishsa, o'sha yerdagi jinlardan ruxsat va panoh so'rashar edi deb eshitgan edim.