Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Irbad ibn Soriya roziyallohu anhu hadisida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga bir ma'ruza qilib berdilar, undan qalblar qo'rqib ketdi va ko'zlardan yosh oqdi. Va biz: "Ey Allohning rasuli, huddi bu xayrlashuvchi kishining ma'ruzasiga o'xshaydi, bizga vasiyat qiling" dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularga vasiyat qilishgan. Mana shu hadisdan oldingi ma'ruza qanday bo'lgan, unda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam nimalarni aytishgan — shu haqda aytib bersangiz.