Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Men shu TikTok yoki Instagramdan ba'zi bir ateistlarning videolariga ko'zim tushib qoladi, qiziqib ko'raman, o'qiyman. Agar o'qimasam qandaydir shubha yuradi, agar ko'rib o'qisam ham shubha paydo bo'ladi. Sizning darsliklaringiz orqali bu shubhalar hammasi barham topdi, alhamdulillah. Lekin ateistning yana bitta gapi meni hali o'ylantiradi: Islom dinini Varaqa roziyallohu anhu bilan Xadicha roziyallohu anho o'ylab chiqargan, Muhammad sollallohu alayhi vasallam ularning proyekti, deydi. Shu sabab Xadicha onamiz vafot etgunlaricha umuman uylanmaganlar, keyin 8-9 tagacha uylanganlar, 40 yoshlarigacha u kishiga Varaqa bilan Xadicha onamiz tayyorlab kelishgan, g'orda chiqib ketganlarida Varaqa ta'lim bergan, deydi. Bunga qanday javob qilsak bo'ladi?