Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Biz bilamizki mo'minlar jannatga kirishadi, bularning ichida payg'ambarlar, shahidlar, olimlar va oddiy insonlar ham bor. Jannatda Alloh hammani rozi qiladi, xohlagan narsasini beradi. Nima uchun unda darajalar bo'ladi, baribir hamma rozi bo'lsa, xohlagan narsasi bo'lsa? Ya'ni aytmoqchi bo'lgan narsam shuki, bir inson qiynalib ilm olsa va u ilmiga amal qilib yetkazsayu, yana bir kishi qiynalmasdan oddiy yashab namozini o'qib ro'zasini tutib yursa, lekin ikkisi ham jannatga kiradi va ikkisini ham Alloh rozi qiladi. Unda bu ilm yo'lidagi qiyinchiliklar qayerga ketadi?