Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Men tabiatdan kam gap, suhbat qilishni uncha yoqtirmaydigan insonman. Qancha harakat qilsam ham hecham quvnoq, sergap bo'la olmayman. Shu sababdan yaqinlarim 'noshukursan, faqat tumshuq qilib yurasan, quvnoq bo'lib mazza qilib yasha' deyishadi. Va shuning ketidan turmush o'rtog'im bilan ham kelishmay qolaman. Lekin qasddan qilmayman. Hayotda 1-2 kishi bilangina ochilib gaplasha olaman. Bundayligim kamchilikmi? Kamchilik bo'lsa qanday qutulay? Shunday holatimdan qutulishim uchun ko'p duolar ham qilaman. Javobingiz uchun oldindan rahmat sizga, Ustoz.