Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Kundalik o'zimiz bilar-bilmas gunohlarimiz uchun va yaqinlarimizni xafa qilib qo'yganimizda qanday kafforat qilsak to'g'ri bo'ladi? Taomda miskin kishini, pul yoki buyumlarda muhtoj kishini topib berishimiz kerakmi? Yoki hadya qilib xohlagan kishimizga bersak ham kafforat bo'ladimi? Oisha onamiz bitta hurmo berib, "bunda nechta zarra bor, buni sag'ir sanama" deb aytganlar. Lekin u zamonda 1 dona hurmo hammada ham bo'lavermagan. Aytmoqchimanki, berayotgan narsamiz qay darajada qimmatli, qadrli bo'lishi kerak? Yoki kichkina narsalar berib bo'lsa ham shu "zarra" tushunchasiga amal qilib yurgan ma'qulmi?