Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Maktabda o'qiyman. Maktabda juda ko'p propaganda va yomon gaplar bor, hijobimizga esa gapirmagan gaplari yo'q. Darslarda ham ateizmga oid narsalar ko'p. Ularga boshida qarshi chiqib gapirar edim, lekin juda ko'p muammolarga uchradim — ham ota-onamdan, ham maktabdan. Endi esa oldingi shijoatim yo'q. Yana o'zbek qamoqxonalarida muslimalarga bo'lgan zulmlar va nomusga tajovuzlar haqida ham ko'p eshitdim, o'sha uchun ham battar gapirolmaydigan bo'lib qolyapman. Bu ishim munofiqlardek tuyulayapti. Iltimos, bu holatga izoh bering va menga o'xshagan muslimalarga yo'l ko'rsating.