Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir odam murtad odam bilan dinga qaytishi uchun suhbatlashsa, murtad shunday e'tiroz bildiradi: "Nega Qur'onda erkak va ayolga bir xil jazo bor, lekin ko'p narsada erkak ayoldan ustun? Misol uchun zinokor ayol va zinokor erkakni darralash, agar oilali bo'lsa toshbo'ron qilish ikkalasiga ham bor, o'g'ri erkak va o'g'ri ayolga ham bir xil jazo — qo'lini chopish, odam o'ldirganga ham bir xil jazo. Nega jazo erkak va ayolga bir xil, lekin 1 erkakning guvohligi 2 ayolnikiga teng, qotillikda esa ayolning guvohligi qabul qilinmaydi, ayol davlat boshlig'i bo'lolmaydi, qozi bo'lolmaydi? Erkakning har tomondan huquqi ko'p — xohlasa 4 tagacha uylanadi, xohlasa taloq qiladi, ayol o'zini erga berolmaydi, o'zini taloq qilolmaydi." Deb aytsa, qanday javob berish mumkin? O'zi murtad odamning hidoyat topish ehtimoli bormi?