Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Handaq gʻazoti vaqtida Paygʻambarimiz (alayhissalom) va sahobalar asr namozini oʻz vaqtida oʻqiy olmaganlari hamda mushriklarga qarshi duo qilganlari rivoyat qilinadi. Shu holatdan kelib chiqib, bugungi kunda namozdan toʻsayotgan ishxona rahbarlari, oiladagi kattalar yoki boshqa kishilar haqida qanday yoʻl tutish toʻgʻri boʻladi? Ular haqida laʼnat yoki duoyibad qilishning sharʼiy hukmi qanday? Bugungi kunda ayrim kasalxonalarda va davlat tashkilotlarida namoz oʻqishga imkon berilmayotgan holatlar ham uchramoqda. Bunday vaziyatda rahbarlarga nisbatan qanday munosabatda boʻlishimiz kerak? Shuningdek, hozirgi Oʻzbekistondagi musulmonlar Niso surasi 97-oyat hukmiga tushib qolmaydimi? Shu oyatni kengroq sharhlab bersangiz, chunki u koʻpchilikni oʻylantirmoqda va xavotirga solmoqda.