Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir narsani ko'pdan beri o'ylayman lekin tushunmayman. Namozga dangasalik degani nima degani? Misol uchun bomdodga turish men uchun qiyin, lekin baribir o'z vaqtida o'qiyman. Xuddi shunday boshqa namozlar ham ba'zan charchagan vaqtlarim juda qiyin tuyuladi, malol keladi, lekin shunday bo'lsa ham vaqtida o'qishga harakat qilaman. Qur'onda va hadislarda kelgan, namozga dangasalik qilganlarga beriladigan azoblarni eshitsam tushunmay qolaman. Men ham o'sha azoblarga loyiq odam hisoblanamanmi? Alloh rozi bo'lsin.