Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bilamiz O'rta Osiyo davlatlari Sovet Ittifoqidan ajralib chiqishgan. O'rta Osiyo davlatlari aksar aholisini boshqa musulmon davlatlar aksar aholisi bilan solishtirsak, ancha dindan uzoq — hatto shunday odamlar Qur'onda nechta sura borligini, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam haqida ma'lumotni bilishmaydi. Malayziya, Indoneziya, Misr davlatlari ham inglizlarga qaram bo'lishgan-ku, lekin aksar aholining diniy bilimi ancha yuqori — xuddi bir darsingizda aytganingizdek, Misr davlatida oddiy kartoshka sotadigan savdogar ham Qur'on va hadisdan xabardor. Misr, Indoneziya, Malayziya davlatlariga qarasak, ularda yigitlar armiyaga borishsa bemalol namoz o'qishadi, hatto jamoat bo'lib ham namoz o'qishadi. Nega bizning diyorlarda bu butunlay yo'q? Inglizlar ham ruslarga o'xshab zolimlik qilishgan-ku.