Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Assalomu alaykum va rahmatulloh. Yaxshimisiz, ustoz? Men o'z anketamni sovchi kanaliga qo'ydim. Ko'pi anketamni o'qib aloqaga chiqishdi. Ular orasida biri bilan gaplashdim, "sovchi jo'nating" dedim. Keyin u: "Bir-birimizni yaxshi tanimay hayot qilolmaymiz, keling, siz bilan nikoh qilaylik, birga yashab ko'raylik, keyin hammaga e'lon qilamiz" deyapti. Shunday vaziyatda qanday yo'l tutsam bo'ladi? Iltimos, nasihat qiling.