Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Meni bir eri yo'q ayol zinoga chaqirdi. Men bu narsa harom, harom ish qilib yurmaylik deb nikoh qilaylik dedim, u esa bunga rozi bo'ldi. Nikohdan 1 kun o'tib u javobini (taloq) so'ray boshladi, men 1 tun uchun nikoh qilmadik-ku dedim. Boshida men uni ta'minlay olmasligimni, uni uyimga olib bora olmasligimni, agar shunga rozi bo'lsa nikoh qilishimizni aytib, kelishib nikoh qilganmiz. Hali nikohimizga 5 kun bo'lmasidan har kuni javobini so'raydi. Har tarafdan tushuntirib ko'rdim, lekin bo'lmayapti. Kecha oxiri «yo javobimni berasan, ungacha uydan chiqmaysan» deya jinnilik qilib turib oldi va men «javobingni berdim» dedim. Bu gapimdan so'ng u jahl qilib menga tashlana boshladi — «meni hayotim senga o'yinchoqmi» deb — va meni militsiyaga yozib beribdi. Arizada yozilishicha, men uni majburlab zo'rlabman va bizga nikoh o'qigan birodarni ham litsenziyasi yo'q deya yozib berdi. Nima qilishga hayronman, maslahat beringlar.