Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir qo'shnimiz bor. Yoshligida onasini ko'p kuydirgan, xor qilgan. Onasi vafot ham etib ketdi. Men ularga qarab 'bir kun qaytadi' deb yurardim. Endi hozir falakning gardishi bilan oldin qilgan ishlari o'ziga xuddi o'shanday qaytyapti. Allohning adolati. Savol shuki, agar otasining oldingi ishlari uchun hozir farzandidan qaytib turgan bo'lsa, bu vaziyatda farzand qanchalik gunohkor? Otasiga qaytar dunyo bo'lgan farzand shu vaziyatda ham oq bo'ladimi? Shuni tushuntirsangiz. Shoyad manfaatli bo'lsa.