Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir noodatiy ish bo'ldi. Bir ishonchli, qo'ldan kelgancha taqvo qilib, dinga amal qiladigan kishi o'nglarida, bir-ikki marta, ancha yillar oldin vafot etib ketgan otalarini ko'ribdilar. Bu holat biror-bir ibodat vaqtida sodir bo'lgan — duo, namoz yoki Qur'on o'qish jarayonida. Ularning onalarida ham bu holat bir necha marotaba bo'lgan ekan (onalari o'z turmush o'rtoqlarini ko'rganlar). Vafot etgan shaxs ham qo'ldan kelgancha dinga amal qilib yurgan kishi edilar. Iltimos, shu holatni tushuntirib bersangiz?