Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Oshiq jin yoki oʻshanaqa qilingan sehr haqida. Men ijtimoiy tarmoqlarda eshitdim, oshiq jin ayol kishiga kirgan boʻlsa, u belgilar boʻlar ekan: qiz boʻlsa sovchilar qaytib ketadi, yigit bilan koʻrishganda koʻngli boʻlmaydi, turmush qurgan boʻlsa eri bilan munosabati yaxshi boʻlmaydi va tanasida oʻz-oʻzidan koʻkarganlar paydo boʻlib qoladi hamda yoʻqoladi. Demoqchi boʻlganim, shu narsalar toʻgʻrimi? Menda koʻp shunaqa boʻladi, oʻsha narsani eshitib qolganimdan beri xayolimga shu narsalar kelaveradi. Agar insonda sehr yoki jin borligini bilsa, boshqaga ruqya qilish joizmi? Bir domladan eshitgan edim, boshqaga ruqya qilish joiz emas dedi.