Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Bir darsingizda eshitdim: Alloh o'ziga yaqinlashtirmoqchi bo'lsa, bandani o'zi yaxshi ko'rgan ish bilan mashg'ul qilib qo'yadi, agar uzoqlashtirmoqchi bo'lsa, o'zi yomon ko'rgan ish bilan mashg'ul qilib qo'yadi, ya'ni shunday ma'noda. Mening savolim shuki, men programmistman (hacker), tadqiqotchiman va juda ko'p vaqtimni kompyuter oldida o'tkazaman, deyarli har kuni. Namozlarimni vaqtida o'qishga harakat qilaman, alhamdulillah, lekin men dunyoviy ilmga juda ko'p vaqt sarflayman, dunyoyim va dinim uchun deb niyat qilib. Vaqtimni behudaga sarflagan bo'lib qolmaymanmi? Bu sohada o'qish va ishlash juda ko'p vaqt talab qiladi, deyarli har kuni 8-10 soat o'qib ishlayman shu sohada.