Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Hozir O'zbekistonda juda ham psixologlar ko'payib ketgan. Aksari "Alloh nasib qilmas narsani xayol ham qildirmaydi" degan da'vo bilan odamlarning nafsi xohishlarini to'g'ri deb qo'yasan, xayolingga keldimi, dema senga shuni nasib qilmoqchi degan gaplarni miyasiga singdirishyapti. Yana hohlagan narsangizni xuddi o'sha narsa hozir sizda bordek his qiling, quvoning, tasavvuringizda yashang, qanday erishishingizni o'ylamang, Allohga oson deb ayollarga har xil mashg'ulotlarni o'rgatishyapti. Yana Allohdan aniq shuni shu vaqtda ber deb undov bilan so'rash kerak, menga va mening o'quvchilarimga doim bergan, shunaqa so'rasam deb o'rgatishyapti. Ko'plab ayollar bunga ishonib, o'qib, o'sha aytganini ko'r-ko'rona qilishyapti. Bu holat shu tariqa ketaversa odamlar dinni psixologiya deb tushunib qolishadi. Buni to'g'rilashning qandaydir iloji bormi, o'zi qanchalik to'g'ri shu hozirgi psixologlarning ishlari va ularda o'qish?