Yuklanmoqda…
Yuklanmoqda…
Erim bilan ota-onasining uyida yashaymiz, uyda qaynonam sababli men uchun halovat yo'q. Erim bilan har kuni urishib qolamiz, oramiz sovib ketyapti. Qaynonam alohida yashashga chiqib ketsang, oqsan dedilar, lekin mening erimdan tashqari yana ikkta o'g'illari bor uyda. Mening dinimga va sog'ligimga katta zarar yetyapti, har kuni qalbim og'rib yig'layman. To'g'ri, Alloh qadarimga yozgan, alhamdulillah, lekin oxirgi payt ko'tara olmayapman, yuragim og'ridi. Erimning diniga ham katta zarar tegyapti. Namoz o'qiganimda hayolim "Sizlar tinchmikan, urishishmayaptimikan" deb nechinchi rakatga kelganim esimdan chiqib qoladi dedilar. O'zimiz yashagani chiqib ketsak bo'ladimi, qaynona-qaynotam oq qilaman desalar ham? Ota-ona bir kun baribir farzandini kechirishadiku?